Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Iyul 2019 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
293031    

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 17 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi


Jismoniy va yuridik shaxslarni murojaatlarini ko`rib chiqish taxlili

 2018-12-07 15:59:56    86

PDF yuklash
Chop etish


Furqat tumani hokimligida 2018 yilning 8 oyi yakuni bo`yicha O`zbekiston Respublikasining “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to`g`risida”gi Qonuni talablarining bajarilishi, O`zbekiston Respublikasi Prezidentining virtual qabulxonasiga kelib tushayotgan murojaatlar hamda ijro intizimini mustaxkamlash yuzasida amalga oshirilgan ishlar tahlili to`g`risida.

 04.09.2018 yil

 2018 yil 8 oyida tuman hokimligida  Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash, ijro intizomini mustahkamlash bo`yicha amalga oshirilgan ishlar tahlil qilinib, jadvallar asosida tahlillar umumlashtirildi va belgilangan tartibda hisobotlar tayyorlandi.

2018 yil 8 oyi davomida tuman hokimligida viloyat hokimining 272 ta qarori, 45 ta farmoyishi, 430 ta topshiriq va yig`ilish bayonlari, tashkilotlarning 488 ta yozishmalari,  jismoniy va yuridik shaxslarning 2664 ta murojaatlari murojaatlari ro`yxatga olindi. Tuman hokimining 1950 ta qarori va 52 ta farmoyishlari qabul qilindi.  1644 ta xat va yozishmalar chiqarildi. 2018 yil 8 oyi yakunida jami xujjat aylanmasi 6310 tani tashkil etdi.

Yangi tahrirdagi “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to`g`risida”gi Qonunning 19-moddasida  murojaatlarni ko`rib chiqish muddatlari belgilangan bo`lib, ayrim hollarda mas’ul shaxslar tomonidan ushbu modda talablarini bajarmaslik holatlari kuzatilmoqda.

Xususan, Qo`qonboy qishlog`ida istiqomat qiluvchi fuqaro
Z.To`xtaqulovning 23.05.2018 yilgi Zax tortuvchi zovurni kovlash masalasidagi arizasi tuman hokimining ustxati asosida hokim o`rinbosari R.Xamdamovga yuklatilgan.

Lekin shu kungacha ariza nazoratdan chiqarilmagan.

Ayritom qishlog`ida istiqomat qiluvchi fuqaro O`.Umarovning 12.07.2018 yildagi Somon-press olib berishga yordam berish masalasidagi arizasi tuman hokimining ustxati asosida Qishloq xo`jaligi bo`limi boshlig`i X.Pirmatovga yuklatilgan.

Lekin shu kungacha ariza nazoratdan chiqarilmagan.

Katta-yangi qishlog`ida istiqomat qiluvchi fuqaro J.Asraqulovaning 25.07.2018 yildagi fermer xo`jaligidagi muammolar masalasidagi arizasi tuman hokimining ustxati asosida Yer Resurslari va DKB boshlig`i D.Otaboyevga yuklatilgan.

Lekin shu kungacha ariza nazoratdan chiqarilmagan.

Besh-og`a qishlog`ida istiqomat qiluvchi fuqaro A.Xoshimov va boshqalarning 19.06.2018 yildagi 28-maktab yer maydonini kengaytirish masalasidagi arizasi tuman hokimining ustxati asosida hokimning o`rinbosari R.Xamdamovga yuklatilgan.

Lekin shu kungacha ariza nazoratdan chiqarilmagan.

Chirkay qishlog`ida istiqomat qiluvchi fuqaro D.Abduxalilovaning 18.06.2018 yildagi turar joyni Davlat sherikchilik asosida MTM tashkil etish masalasidagi arizasi tuman hokimining ustxati asosida hokimning o`rinbosarlari R.Xamdamov hamda B.Abdullayevlarga yuklatilgan.

Lekin shu kungacha ariza nazoratdan chiqarilmagan.

Yangi qishlog`ida istiqomat qiluvchi fuqaro X.O`tbosarovning 23.05.2018 yildagi kam ta’minlangan oilalarga beriladigan maishiy texnikalardan berish masalasidagi arizasi tuman hokimining ustxati asosida Maxalla XJF raisi M.Nosirovga yuklatilgan.

Lekin shu kungacha ariza nazoratdan chiqarilmagan.

Bunday xolatlar tuman xokimligida ro`yxatga olingan yana 6 nafar jismoniy shaxslarning arizalarining bajarilish muddatlari 3 kundan        7 kungacha kechikib ketgan.

Vaxolanki, qonunning 19-moddasida ariza yoki shikoyat masalani mazmunan xal etishi shart bo`lgan davlat organiga kelib tushgan kundan e’tiboran o`n besh kun ichida, qo`shimcha o`rganish va (yoki) tekshirish, qo`shimcha xujjatlarni so`rab olish talab etilganda esa bir oygacha bo`lgan muddatda ko`rib chiqilishi belgilab qo`yilgan.

2018 yil 8 oyida tuman hokimligida jismoniy va yuridik shaxslarning yozma murojaatlar 2664 tani tashkil etdi.

Ariza va shikoyatlarning MFYlar kesimida yozma ariza va shikoyatlarning eng ko`pi: Shoyimbek MFYdan – 74 ta, Shunqor MFYdan – 72 ta, Xayit MFYdan – 70 ta, Ardoxshon MFYdan 51 ta, Chek-chuvaldoq MFYdan 42 ta, Yangi MFYdan – 37 ta, Kichik-yangi MFYdan 35 tani tashkil etdi.

2018 yil 8 oyida tuman hokimi tomonidan 842 nafar yuridik va jismoniy shaxslar shaxsan qabul qilindi.

 MFYlar kesimida hokim qabulida bo`lganlarning eng ko`pi: Shoyimbek MFYdan – 47 ta, Bekabod MFYdan – 41 ta, Xayit MFYdan – 41 ta, Ingichka MFYdan – 38 ta, Yangi MFYdan – 37 ta, Navbaxor MFYdan – 32 ta, Ardoxshon MFYdan -30 tani tashkil etdi.

2018 yil 8 oyida tuman hokimligiga O`zbekiston Respublikasi Prezidentining virtual xamda Xalq qabulxonasi orqali kelib  tushgan murojaatlar soni 532 tani tashkil etdi.

Murojaatlarning yo`nalishlar bo`yicha taxlili

Uy-joy bilan ta’minlash – 77 ta

Uy qurib berish va uyini ta’mirlash 60 ta

Moddiy yordam berish – 50 ta

Tuman tarqalmasligi masalasi - 58 ta

Tadbirkorlik - 34 ta

Yo`l bo`yicha – 32 ta

Ichimlik suvi 32 ta va boshqa masalalar

Murojaatlar MFYlar kesimida Shoyimbek MFYdan – 35 ta, Sho`r MFYdan – 34 ta, Ardoxshon MFYdan – 32 ta, Navbaxor MFYdan – 32 ta, Yangi MFYdan 29 ta, Xayit MFYdan 26 ta, Eshon MFYdan – 24 ta, Jangketmon MFYdan 20 tani tashkil etdi.

Ayrim mahalla fuqarolar yig`ini rais va mas’ul kotiblarining amaldagi qonunlarni yetarli darajada bilmasligi, muomala madaniyati, rahbarlik etikasi yetishmasligi, fuqaroga qo`pol munosabatda bo`lib, “Hohlagan joyingga bor!”, “Kimga arz qilsang, qilaver!” mazmunidagi  javoblari fuqarolarning noroziligiga sabab bo`lmoqda.

Qabulga kelgan fuqaroga talab yoki so`rovi ijobiy hal bo`lmasa ham yaxshi muomalada bo`lib, talab yoki arizasi amaldagi qonun yoki boshqa me’yoriy xujjatlarga to`g`ri kelmasligi yotig`i bilan tushuntirilsa, o`sha shaxs ovora bo`lib hokim qabuliga kelmaydi yoki yuqori mahkamalarga ariza yozmaydi.

  Hokim qabuliga Moddiy yordam yoki bolalar nafaqa pulini olish masalasida kelgan fuqarolardan MFY  tomonidan arizasiga yozma ravishda javob olmaganidan shikoyat qiladi. Shu fuqarolarga moddiy yordam yoki bolalar nafaqasi nima sababdan rad etilgani yozma ravishda tushuntirilganda, hokimga yoki yuqori tashkilotlarga murojaat qilmasdi, arizalar soni ko`paymasdi.

  Bundan tashqari O`zbekiston Respublikasi Prezidentining        08.08.2017 yildagi PQ-3182-son qaroriga muvofiq hudud muammosini joyida sektor vakillari tomonidan o`rganish (maxsus daftarda qayd etish) va bartaraf etish yoki hududiy «yo`l xaritalari»ga kiritish va ijrosini ta’minlash zarur.

  2018 yil 8 oyida qaror va farmoyishlarni ijrosini taminlash bo`yicha.

  Yuqorida ko`rsatib o`tilganidek barcha qaror va farmoyishlarni ijrosi o`z vaqtida ta’minlanib kelmoqda.

  Lekin Viloyat xokimning 2018 yil 5 iyuldagi 339-XDFUsonli qarori tuman hokimining ustxati asosida hokimning 1-o`rinbosari S.Toshpo`latovga qaror loyixasini tayyorlash va ijrosini ta’minlash yuklatilgan bo`lsada xar kuni ogoxlantirishimizga qaramasdan shu kungacha qaror loyixasi tayyorlanmagan.

Viloyat xokimning 2018 yil 18 iyuldagi 358-sonli qarori tuman hokimining ustxati asosida hokimning o`rinbosari R.Xamdamovga qaror loyixasini tayyorlash va ijrosini ta’minlash yuklatilgan bo`lsada xar kuni ogoxlantirishimizga qaramasdan shu kungacha qaror loyixasi tayyorlanmagan.

Yuqoridagilarni inobatga olib kamchiliklarga yo`l qo`ygan mas’ul shaxslarga nisbatan chora ko`rish bo`yicha ko`rsatma berishingizni so`rayman.

 

Tuman xokimligi Devonxona mudiri:                                                                                                     B.Qaxxorov