Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Iyul 2019 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
293031    

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 11 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi


Tahlil

×

 2019-04-15 11:51:14    110

PDF yuklash
Chop etish


Furqat tumani hokimligida 2019 yilning I-choragi yakuni bo’yicha O’zbekiston Respublikasining “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to’g’risida”gi Qonuni talablarining bajarilishi, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining virtual qabulxonasiga kelib tushayotgan murojaatlar hamda ijro intizimini mustahkamlash yuzasidan amalga oshirilgan ishlar tahlili to’g’risida.


2019 yilning I-choragida tuman hokimligida Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash, ijro intizomini mustahkamlash bo’yicha amalga oshirilgan ishlar tahlil qilinib, jadvallar asosida tahlillar umumlashtirildi va belgilangan tartibda hisobotlar tayyorlandi. 2019 yilning I-choragi davomida tuman hokimligida viloyat hokimining 64 ta qarori, 12 ta farmoyishi, 165 ta topshiriq va yig’ilish bayonlari, tashkilotlarning 171 ta yozishmalari, jismoniy va yuridik shaxslarning 619 ta murojaatlari murojaatlari ro’yxatga olindi. Tuman hokimining 1092 ta qarori va 29 ta farmoyishlari qabul qilindi. 517 ta xat va yozishmalar chiqarildi. 2019 yilning I-choragi yakunida jami xujjat aylanmasi 2669 tani tashkil etdi. Yangi tahrirdagi “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to’g’risida”gi Qonunning 19-moddasida murojaatlarni ko’rib chiqish muddatlari belgilangan bo’lib, ayrim hollarda mas'ul shaxslar tomonidan ushbu modda talablarini bajarmaslik holatlari kuzatilmoqda. Xususan, To'rg’ay qishlog’ida istiqomat qiluvchi fuqaro S.Jamoldinovaning 05.01.2019 yilgi Dehqon xo’jaligi uchun ajratilgan yer maydoniga uy qurishga ruxsat berish masalasidagi arizasi tuman hokimining ustxati asosida tuman hokimning o’rinbosari R.Xamdamovga yuklatilgan. Lekin bir necha bor ogoxlantirishga qaramasdan shu kungacha ariza nazoratdan chiqarilmagan. O’rta-qo’rg’on qishlog’ida istiqomat qiluvchi fuqaro I.To’xtaboev va boshqalarning 20.02.2019 yildagi Norasmiy nomozxonani MFY balansiga olish masalasidagi arizasi tuman hokimining ustxati asosida xokimning o’rinbosari R.Xamdamovga yuklatilgan. Lekin shu kungacha ariza nazoratdan chiqarilmagan. Yangi qishlog’ida istiqomat qiluvchi fuqaro N.Turuonovning 26.02.2019 yildagi Zax va sizot suvlar ko’pligi sababli tik zax qochirish quvurlarni o’rnatish masalasidagi arizasi tuman hokimining ustxati asosida hokimning o’rinbosari R.Xamdamovga yuklatilgan. Lekin shu kungacha ariza nazoratdan chiqarilmagan. Bunday xolatlar tuman xokimligida ro’yxatga olingan yana 2 nafar jismoniy shaxslarning arizalarining bajarilish muddatlari 3 kundan 7 kungacha kechikib ketgan. Vaxolanki, qonunning 19-moddasida ariza yoki shikoyat masalani mazmunan xal etishi shart bo’lgan davlat organiga kelib tushgan kundan e'tiboran o’n besh kun ichida, qo’shimcha o’rganish va (yoki) tekshirish, qo’shimcha xujjatlarni so’rab olish talab etilganda esa bir oygacha bo’lgan muddatda ko’rib chiqilishi belgilab qo’yilgan. 2019 yilda tuman hokimligida jismoniy va yuridik shaxslarning yozma murojaatlar 619 tani tashkil etdi. Аriza va shikoyatlarning MFYlar kesimida yozma ariza va shikoyatlarning eng ko’pi: Xayit MFY 18 ta, Jangketmon MFYdan 17 ta, Yangi MFY 17 ta, Kichik-yangi MFYdan – 15 ta, Shunqor MFYdan – 14 ta tashkil etdi.
2019 yilda tuman hokimi tomonidan 250 nafar yuridik va jismoniy shaxslar shaxsan qabul qilindi. MFYlar kesimida hokim qabulida bo’lganlarning eng ko’pi: Shunqor MFYdan – 10 ta, Yangi MFYdan – 9 ta, Jangketmon MFYdan – 9 ta, Shoyimbek MFYdan – 8 ta, Chek-chuvaldoq MFYdan – 8 ta, Katta-yangi MFYdan – 8 tani tashkil etdi. 2018 yilda tuman hokimligiga O’zbekiston Respublikasi Prezidentining virtual hamda Xalq qabulxonasi orqali kelib tushgan murojaatlar soni 119 tani tashkil etdi.
Murojaatlarning yo’nalishlar bo’yicha taxlili
Uy-joy bilan ta'minlash – 33 ta
Uy qurib berish va uyini ta'mirlash 7 ta
Moddiy yordam berish – 15 ta
Fermer xo’jaligi - 5 ta
Yo’l bo’yicha – 10 ta
Tadbirkorlik – 3 ta
Elektr – 3 ta
Ichimlik suvi 5 ta va boshqa masalalar
Murojaatlar MFYlar kesimida Sho’r MFYdan – 7 ta, Xayit MFY 6 ta, Jangketmon MFYdan – 6 ta, Shoyimbek MFYdan – 6 ta, Shunqor MFYdan – 5 ta, Yangi MFYdan 5 tani tashkil etdi.
O’zbekiston Respublikasi Virtual va Xalq qabulxonalariga kelib tushgan murojaatlarni o’z vaqtida o’rganish va natijalarini kiritish bo’yicha 1 ta murojaatlar 1 kun kechiktirib bajarish xolatlari uchragan. Jumladan, Jabborov Аxadjonning 19.03.2019 yilda 110316/19-sonli Namunali uy olish bo’yicha murojaati tuman xokimning ust xati bilan xokimning birinchi o’rinbosari S.Toshpo’latovga yuklatilgan bo’lsada murojaat 03.04.2019 yilda viloyat ishchi guruhi belgilab berilgan muddati 1 kunlik kechiktirib bajarilgan. 2019 yilda qaror va farmoyishlarni ijrosini taminlash bo’yicha. Yuqorida ko’rsatib o’tilganidek barcha qaror va farmoyishlarni ijrosi o’z vaqtida ta'minlanib kelmoqda.

03.04.2019 yil