Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Iyul 2019 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
293031    

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 5 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi


Аlimentdаn qochib, qаmoqqа tushdi

×

 2019-05-22 09:50:16    78

PDF yuklash
Chop etish


Аlimentdаn qochib, qаmoqqа tushdi.

       Majburiy ijro byurosi Furqat tumani bo’limi shaxsiy tarkib xodimlari voyaga yetmagan shaxslar foydasiga aliment undirish, er-xotin o’zaro ajrashgan yoki birga yashamayotgan oilalarni tiklash yoki ishsiz qarzdorlarni ishga joylashtirish, shuningdek, aliment to’lash majburiyati yuklatilgan shaxslarga qarzni hisoblash va to’lash tartibi, aliment to’lamaganlik uchun qonunchilikda belgilangan javobgarlik haqida tushuntirish berish borasida muayyan ishlar amalga oshirilmoqda. Biroq, ana shunday say-harakatlarga qaramay, o’z farzandi oldidagi ota-onalik burchini unutib, mas'uliyatini mensimayotgan shaxslar ham uchrab turibdi. Ulardan biri Eshon mahallasida yashovchi Yu.M bo’ladi. 2010 yilda turmush o’rtog’i bilan ajrashgan bu shaxs ikki nafar voyaga yetmagan farzandi moddiy ta'minoti uchun mas'ulligini unutib qo’ydi. Oqibatda gardanidagi 2015 yil sentyabr oyidan 2019 yil mart oyigacha to’planib qolgan qarzdorlik miqdori 20 million 708 ming 320 so’mni tashkil etdi. Ushbu ish tuman ma'muriy sudi tomonidan ko’rib chiqilib, unga otalik burchini bajarishdan, alimentdan qarzdorlikni bartaraf etishdan o’zga chora yo’qligi tushuntirilganda bunga moddiy ahvoli izn bermayotganini ro’kach qilishdan nariga o’tmadi. Shu sababli huquqbuzarga O’zbekiston Respublikasi MJTK 474-moddasiga asosan 15 sutka ma'muriy qamoq jazosi tayinlandi.

MIB Furqat tumani bo’limi.