Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Iyun 2019 >>
DUSECHPAJUSHYA
     12
3456789
10111213141516
17181920212223
24252627282930

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 0 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi


Jazo muqarrar!

×

 2019-05-31 17:31:06    39

PDF yuklash
Chop etish


Jazo muqarrar!


Majburiy ijro byurosining Fargʼona viloyat boshqarmasi va Beshariq tuman boʼlimi xodimlari tomonidan 2019 yil 06 aprelь kuni fuqaro Yo.X.ning tumandagi Yangiqoʼrgʼon MFY, Yangiqoʼrgʼon qishlogʼida joylashgan xususiy bogʼdorchilik maydonida Oʼzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 12.01.2018 yildagi «Elektr energiyasi va tabiiy gazdan foydalanish tartibini takomillashtirishga doir qoʼshimcha chora-tadbirlar toʼgʼrisida»gi 22-sonli qarori ijrosi hamda jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan elektr energiyadan foydalanishning qonuniyligi hamda toʼlov intizomiga rioya etilishi yuzasidan tekshirish oʼtkazilgan. Аniqlanishicha, fuqaro Yo.X. - tumandagi Yangiqoʼrgʼon MFY, Yangiqoʼrgʼon qishlogʼida joylashgan xususiy bogʼdorchilik maydonida hududiy elektr tarmoqlari korxonasi bilan shartnoma tuzmasdan, ruxsatsiz, “PK Elektr hisob” dasturiy bazasida mavjud boʼlmagan elektron elektr hisoblagichni oʼrnatib, umumiy foydalanishdagi elektr tarmogʼiga oʼzboshimchalik bilan ulanib olib, elektr energiyasidan foydalanish qoidalarini ancha miqdorda zarar yetkazgan holda buzish jinoiy rejasini tuzgan. Jinoiy rejaga koʼra, fuqaro Yo.X. xususiy bogʼdorchilik maydonida Oʼzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 12.01.2018 yildagi 22-sonli Qarori 1-ilovasi «Elektr energiyasidan foydalanish qoidalari»ning 118, 120, 127-bandlari talablarini qoʼpol ravishda buzib, xususiy bogʼdorchilik maydonini sugʼorish uchun 7,4 kVt boʼlgan elektr suv koʼtarish nasozi oʼrnatib, umumiy foydalanishdagi elektr tarmogʼiga oʼzboshimchalik bilan ulanib, 2016 yil 06 aprelь kunidan 2019 yil 06 aprelь kuniga qadar elektr energiyasidan noqonuniy foydalanib kelganligi oqibatida, Beshariq tuman elektr taʼminoti korxonasining manfaatlariga jami 33.368.450 soʼm ancha miqdorda zarar yetkazgan. Holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari jarayonida, huquqbuzar Yo.X.ga Oʼzbekiston Respublikasi JKning 1852-moddasi talablari mazmun mohiyati, yaʼni JKning 1852-moddasi 6-qismida nazarda tutilgan «Birinchi marta jinoyat sodir etgan shaxs, agarda u jinoyat aniqlangan kundan eʼtiboran oʼttiz kunlik muddatda yetkazilgan moddiy zararning oʼrnini qoplasa, javobgarlikdan ozod etilishi mumkinligi koʼrsatilganligi, zararni toʼliq qoplamasa, holat boʼyicha jinoyat ishi qoʼzgʼatilib, jinoyat ishi boʼyicha ish yuritish umumiy tartibda davom ettirilishi mumkinligi» tushuntirilib, bu haqida tegishli tartibda bayonnoma tuzilgan.
Huquqbuzar Yo.X. elektr energiyasidan foydalanish qoidalarini buzishi oqibatida davlat manfaatlariga yetkazilgan jami 33.368.450 soʼm moddiy zararni jinoyat aniqlangan kundan eʼtiboran oʼttiz kunlik muddatda toʼliq qoplagan. Garchand, fuqaro Yo.X.ning harakatlarida JKning 1852-moddasi 2-qismida nazarda tutilgan jinoyat alomatlari mavjud boʼlsada, u yetkazilgan moddiy zararni oʼrnini ixtiyoriy ravishda toʼliq qoplaganligini, aybiga toʼliq iqror va chin koʼngildan pushaymon boʼlganligi hamda sodir etilgan jinoyat ijtimoiy xavfi katta boʼlmagan jinoyatlar turkumiga kirishligi, uni yashash joyidan yaxshi tavsiflanganligini, oʼziga nisbatan ayblilik masalasini hal qilmasdan turib, jinoyat ishi qoʼzgʼatishni rad etishga rozilik bildirganligini inobatga olib, MIB Beshariq tuman boʼlimi tomonidan 15.05.2019 yilda unga nisbatan toʼplangan hujjatlar boʼyicha Oʼzbekiston Respublikasi JPKning 84-moddasi 1-qismi 8-bandiga asosan uning aybliligi haqidagi masalani hal qilmay turib, jinoyat ishi qoʼzgʼatishni rad etish toʼgʼrisida qaror qabul qilindi.


Oʼzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosi Fargʼona viloyat boshqarmasi tezkor shoʼbasi                                                       E.M.Moʼsaev