Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Iyul 2019 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
293031    

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 6 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi


Fazodagi qochqinga ma'muriy qamoq

×

 2019-04-09 18:39:58    124

PDF yuklash
Chop etish


Fazodagi qochqinga ma'muriy qamoq

O’zbeklar iymon va diyonatni, vafo va sadoqatni, mehr va oqibatni ustun qo’yganligi uchun ham oliyjanoblik maqomiga erishgan xalqdir. Binobarin, yurtimizdagi deyarli har bir fuqaro ehtiyojmandga madad berishga, yiqilayotganga suyanchiq bo’lishga, tushkunlikka tushganning ko’zidagi yoshni artib sadpora yuragida yaishshga ishtiyoq uyg’otishga odatlangan. Аyniqsa, o’g’ildir, qizdir yetim-esir, ota-ona mehridan mosuvo kichkintoylarga duch kelganda hech bo’lmaganda ularning boshini silamasdan o’tib ketolmaymiz. Binobarin, mamlakatimiz rahbarining "Etim bolalar va ota-onaning qaramog’idan mahrum bo’lgan bolalarni ijtimoiy himoya qilishini kuchaytirishga oid qo’ishmcha chora-tadbirlar to’g’risida"gi qarori ulug’ el xohshi-irodasi bilan batamom hamohangdir.

 SHU HАM OTА BO’LDIMI?

Lekin, afsuski, oramizda shaklu shamoyili Sizu bizga o’xshash bo’lsada, odamiylik ko’chasidan o’tmagan, mehr-oqibat, rahm-shafqat degan tuyg’ulardan benasib nokaslar ham yo’q emas. Ulardan biri - Fazo ko’chasidagi raqamsiz uyda yashab kelayotgan Muhriddii Ko’ldoshevdir (ism-shariflar o’zgartirildi). U da'vogar Mavluda Dolimo - va bilan ixtiyoriy ravishda turmush qurgach, ikki nafar farzandning otasiga aylangan. Аmmo o’zaro kelishmovchilik natijasida to’qqiz yildan beri ayoli bilan birga yashamay qo’ygandi. Bu ish fuqarolik ishlari bo’yicha O’zbekiston tumanlararo sudi tomonidan muhokama etilgan hamda sud buyrug’i bilan da'vogar foydasiga javobgar daromadining 1/3 qismi mikdorida aliment to’lash tartibi belgilangandi. Аmmo Muhriddin o’z pushti kamaridan bunyodga kelgan o’z zurriyodining moddiy ta'minotidan bo’yin tovladi. Shu taxlit uning zimmasidagi qarzdorlik miqdori 20 million 708 ming 320 so’mga tenglashib qoldi.

Tuman ma'muriy sudi ushbu ishni ko’rib chiqish jarayonida huquqbuzarga nisbatan jazo tayinlashda uning qilmishiga iqrorligini hamda pushaymonligini yengillashtiruvchi holat deya e'tirof etdi. Аmmo mazkur hukuqbuzarlikning ijtimoiy xavflilik darajasini, shuningdek, uning natijasida yetkazilgan zarar umuman qoplanmaganligini, qolaversa, jabrlanuvchining turmush o’rtog’iga nisbatan qonuniy chora ko’rish haqidagi talabini inobatga oldi.

Pirovardida O’zbekiston Respublikasi MJtKning 47/4-moddasi

1-qismida nazarda tutilgan hukuqbuzarlikni sodir etganligi uchun Muhriddin Qo’ldoshevga nisbatan 15 sutka ma'muriy qamoq jazosi tayinlandi.

 

Qahramonjon O’RISHEV,

Bosh prokuratura huzuridagi Majburiy ijro byurosi tuman bo’limi boshlig’i, adliya kichik maslahatchisi.