Maxsus imkoniyatlar

Ekran o'lchami:

50 %

Shrift o'lchami:

50 %
Saytni baholash
0
0

Tuman hokimi

8

2025-02-22

https://api3.fergana.uz/files/face/users/file-2065523924563000.jpg

Elyorbek Asronkulov Madaminovich

Tug'ilgan yili:1985-10-27
Tug'ilgan joyi:Farg‘ona viloyati, Bag‘dod tumani
2024-08-07 dan: Furqat tumani hokimi
Telefon:
Elektron pochta:furqattuman.uz
Millati:uzbek
Partiyaviyligi:yo'q
Ma'lumoti:oliy
Tamomlagan:2010 y. Farg‘ona politexnika instituti (kunduzgi)
Ma’lumoti bo’yicha mutaxassisligi:iqtisodchi
Davlat mukofoti bilan taqdirlanganmi:yo'q
Mehnat faoliyati
2011-2012 yy. - Byudjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi Farg‘ona viloyati Bag‘dod tumani bo‘limi mablag‘lar ehtiyojini aniqlash buxgalteriya hisobi va hisobotlar sektori
2012-2014 yy. - Byudjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi Farg‘ona viloyati Bag‘dod tumani bo‘limi pensiya va nafaqalarni to‘lanishi ustidan monitoring guruhi bosh inspektori
2014-2017 yy. - Byudjetdan tashqari pensiya jamg‘armasi Farg‘ona viloyati boshqarmasi mablag‘larni boshqarish, pensiya va nafaqalar to‘lovi monitoringi bo‘limi boshlig‘i
2017-2019 yy. - O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi Farg‘ona viloyati boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari
2019-2020 yy. - O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi Ijro etuvchi apparati ichki audit va moliyaviy nazorat bo‘limi bosh mutaxassisi
2020-2023 yy - O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi Farg‘ona viloyati boshqarmasi boshlig‘i
2023-2024 yy. - Ijtimoiy himoya milliy agentligi Farg‘ona viloyati boshqarmasi boshlig‘i
2024 y. - h.v. - Furqat tumani hokimi
Vazifalari
hokimning O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, “Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni va boshqa qonunlar, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmon, qaror va farmoyishlarida, Vazirlar Mahkamasi xamda viloyat xokimining qaror va farmoyishlarida belgilangan vakolatlari amalga oshirilishini davlat organlari va boshqa tashkilotlar bilan birgalikda ta’minlash; tumanni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish tendensiyalarini kompleks tahlil qilish, asosiy iqtisodiy ko‘rsatkichlar dinamikasi, tarkibiy va institusional o‘zgartirishlar, mahalliy byudjetlar ijrosining tizimli monitoringini olib borish; O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan belgilanadigan eng muhim ustuvor vazifalarga muvofiq tumanni kompleks rivojlantirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish; tumanda demokratik islohotlarni chuqurlashtirish va mamlakatni modernizatsiyalash, iqtisodiyotda, eng avvalo, sanoatda va qishloq xo‘jaligida tarkibiy o‘zgartirishlarga doir tizimli chora-tadbirlar amalga oshirilishini ta’minlash; tumanning subvensiya olishini qisqartirish, korxonalarning moliyaviy barqarorligini oshirish, o‘zaro hisob-kitoblar tizimini yaxshilash chora-tadbirlarini amalga oshirish; tadbirkorlikni jadal rivojlantirishni ta’minlash, xususiy mulk manfaatlarini himoya qilish hamda tadbirkorlik sub’yektlarining qonuniy huquqlarini va kafolatlarini ta’minlash yuzasidan hududiy boshqaruv organlarining mas’uliyatini oshirish bo‘yicha tizimli ishlarni tashkil etish; hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlari, hududiy investisiya dasturlari, ishlab chiqarishlarni modernizatsiyalash, texnik yangilash va texnologik jihatdan qayta jihozlash dasturlari, mahalliylashtirish dasturi, muhandislik-kommunikatsiya va yo‘l-transport infratuzilmasini rivojlantirish va modernizatsiyalash dasturlari, yangi ish o‘rinlari tashkil etish va bandlikni ta’minlash dasturlari, shuningdek boshqa hududiy dasturlar amalga oshirilishi monitoringini olib borishning samarali tizimini yaratish; hudud iqtisodiyotining raqobatbardoshligini tubdan oshirish, eksport qiluvchi korxonalarni qo‘llab-quvvatlashni kuchaytirish, fermer xo‘jaliklari, tadbirkorlik sub’yektlarining eksportdagi ishtirokini har tomonlama rag‘batlantirish bo‘yicha amaliy chora-tadbirlarni ishlab chiqish va ularni amalga oshirishni tashkil etish; qishloq xo‘jaligida islohotlarni va tarkibiy o‘zgartirishlarni yanada chuqurlashtirish, yer va suv resurslaridan samarali foydalanish chora-tadbirlari amalga oshirilishi yuzasidan tizimli tahlilni tashkil etish; aholi bandligini ta’minlash bo‘yicha kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish, hududiy boshqaruv organlarining, boshqa tashkilotlarning yangi ish o‘rinlari yaratish, ijtimoiy sohani rivojlantirish, aholi turmushi darajasi va sifatini yanada oshirishga doir ishlarini muvofiqlashtirish; ta’lim, sog‘liqni saqlash, qishloq xo‘jaligi va qurilish sohalarida innovatsiyalar va zamonaviy texnologiyalarni keng joriy etish, tumanning innovasion salohiyatini, erkin iqtisodiy va kichik sanoat zonalari, faoliyati samaradorligini oshirish, xizmatlar sohasini tubdan takomillashtirish, eng avvalo, innovasion ishlanmalar va texnologiyalarni joriy etish; qonuniylikni, huquq-tartibotni va xavfsizlikni ta’minlash, fuqarolarning huquq va erkinliklarini himoya qilish, tabiiy ofatlar, epidemiyalar va boshqa ekstremal holatlar oqibatlarini bartaraf etish bilan bog‘liq chora-tadbirlar amalga oshirilishini tashkil etish; rivojlantirishning maqsadli davlat dasturlari, O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmon, qaror va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasi xamda viloyat xokimligining qaror va farmoyishlari bajarilishini tashkil etish;
Avvalgi faoliyat yuritgan rahbarlar