Appeals of legal entities and individuals received through the website
Total appeal: 38Statistics phone helpline
Tuman huquqni muhofaza qiluvchi organlarni muvofiqlashtiruvchi Kengashining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
2025-01-16 15:01:30 263
Yig‘ilishda tumanda umumiy jinoyatchilik holati, 2024 yil davomida sodir etilgan jinoyatlar va huquqbuzarliklar, ushbu xavfli illatlarni keltirib chiqargan sabablar va shart-sharoitlar aniq tahlillar asosida tanqidiy muhokama qilindi.
Yig‘ilishda tuman prokurori o‘tgan davrda tuman hududida jinoyatchilikka qarshi kurashish, huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish, xavfsizlikni ta’minlash va jamoat tartibini saqlash borasida ichki ishlar organlari tomonidan qator ijobiy ishlar amalga oshirilganini, shu bilan birga, ayrim kamchiliklarga ham yo‘l qo‘yilganini ta’kidlab o‘tdi.
Mutasaddilar va ichki ishlar xodimlarining kun tartibidagi masala yuzasidan belgilangan vazifalar ijrosi samaradorligini oshirish yuzasidan takliflari tinglanib, kelgusida bajarilishi lozim bo‘lgan ustuvor vazifalar belgilab olindi.