Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Noyabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
252627282930 

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 6 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi


Аholini ro‘yxatga olish

×

 2021-03-25 09:43:37    306

PDF yuklash
Chop etish


O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019- yil 5- fevraldagi PF-5655 sonli farmoni hamda Vazirlar Mahkamasining 2020- yil 11- noyabrdagi “O‘zbekiston Respublikasida 2023 yilda aholini ro‘yxatga olishga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 710-sonli qarorining mazmun-mohiyati.

Аxolini ro‘yxatga olish 3 ta bosqichda o‘tkaziladi. 1-bosqichga (3 yilga yaqin davrda) axolini ro‘yxatga olish, uni o‘tkazish bo‘yicha moliyaviy manbalarini aniqlash bo‘yicha xujjatlarni, metodologiyasini ishlab chiqish, xaritalash, axoli punktlari ro‘yxatini tuzish, ro‘yxatga olish varaqalarini chop etish, ro‘yxatga olish tadbirida ishtirok etuvchi vaqtinchalik xodimlarni o‘qitish kiritiladi.

2-bosqichda (10 kundan 60 kungacha) bevosita axolini ro‘yxatga olish amalga oshiriladi.

3-bosqichda (2 yildan 3 yilgacha bo‘lgan davr) axolini ro‘yxatga olish birlamchi ma’lumotlarini qayta ishlash, dastlabki natijalarni olish, e’lon qilish va tarqatish ishlari amalga oshiriladi.

 


Aholini ro‘yxatga olishni o‘tkazishga qanday toifadagi xodimlar jalb qilinadi?

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 11-noyabrdagi 710-sonli qarorining 1-ilova asosan tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasida 2023-yilda aholini ro‘yxatga olishga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish tartibi to‘g‘risida”gi Nizomning 20-bandiga muvofiq aholini ro‘yxatga olishni o‘tkazishga quyidagi toifadagi xodimlar jalb qilinadi:

respublika darajasida — respublika komissiyasi tarkibiga kiritilgan vazirlik va idoralar, Qo‘mita markaziy apparati hamda Qo‘mita huzuridagi Kadrlar malakasini oshirish va statistik tadqiqotlar instituti xodimlari;

hududiy darajada — hududiy komissiyalar a’zolari, hududiy statistika boshqarmalari xodimlari hamda shartnoma asosida vaqtincha jalb etiladigan birlamchi ma’lumotlarni elektron bazaga kiritish markazlari xodimlari;

tumanlar (shaharlar)da — tuman va shahar statistika bo‘limlari xodimlari va shartnoma asosida vaqtincha jalb etiladigan tuman va shahar ro‘yxatga olish bo‘limlari hamda ro‘yxatga olish uchastkasi, instruktorlik va hisob uchastkalari xodimlari.

Shuningdek, normativ-huquqiy hujjatlar, qo‘llanma va ma’lumotnoma hujjatlarni ishlab chiqishda ishtirok etish, aholini ro‘yxatga olishni moliyaviy va moddiy-texnik ta’minlashda hisob-kitoblarni tayyorlash uchun qo‘shimcha ravishda shartnoma asosida mutaxassislar jalb qilinishi mumkin.

 

Furqat tumani statistika bo‘limi