Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Aprel 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
2930     

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 6 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi


“Saxovat va ko‘mak” jamg‘armasi mablag‘larining yo‘naltirilishi to‘g‘risida hisobot

 2022-07-28 17:04:58    331

PDF yuklash
Chop etish


2022 yil 1 yanvar holatiga “Saxovat va ko‘mak” jamg‘armalari hisob raqamlarida 4 mln. 210  ming so‘m qoldiq mablag‘lari mavjud bo‘lib, o‘tgan olti oy davomida viloyat bo‘yicha “Mahalla” xayriya jamoat fondi Furqat tumani bo‘linmasi huzuridagi “Saxovat va ko‘mak” jamg‘armasi hisob raqamlariga 272 mln. 573 ming so‘m mablag‘ yig‘ildi. O‘tgan olti oy davomida Xalq deputatlari mahalliy Kengashlari qarori asosida qariyb 623  nafar oilaga  191  mln. 465 ming so‘m mablag‘ sarf etildi.

Jumladan, mahallalarda tashkil etilgan “Temir daftar”, “Yoshlar daftari” va “Ayollar daftari”ga kirgan fuqarolarni moddiy va ma’naviy qo‘llab-quvvatlashga xizmat qilmoqda. O‘tgan olti oy davomida “Temir daftar”ga kiritilgan  152 nafar fuqarolarni moddiy qo‘llab quvvatlashga 37 mln. 955 ming so‘m mablag‘ yo‘naltirildi. “Saxovat va ko‘mak” jamg‘armasi mablag‘lari “Ayollar daftari”ga kiritilgan xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlashda ham muhim moliyaviy manba bo‘lib xizmat qilmoqda. Mazkur daftarga kirgan  56  nafardan ko‘proq xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash uchun   22 mln. 550 ming so‘m mablag‘ yo‘naltirilgan. Bundan tashqari, ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarga, ko‘p farzandli oilalarga, nogironligi bo‘lgan shaxslarga va yolg‘iz qariyalar kabi ehtiyojmand oilalarning 415 nafariga 130 mln. 960 ming so‘m mablag‘ yo‘naltirildi. 

2022 yil 1 iyul holatiga “Saxovat va ko‘mak” jamg‘armasi hisob raqamlarida viloyat bo‘yicha  81 mln. 108 ming so‘m pul mablag‘lari mavjud. O‘zbekiston Respublikasining «2022 yil uchun O‘zbekiston Respublikasining davlat byudjeti to‘g‘risida»gi Qonuni ijrosini ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-73-son Qarori 8-ilovasi 20-bandiga muvofiq “Mahalla” xayriya jamoat fondi Respublika boshqaruvi tomonidan respublika miqyosida “Saxovat va ko‘mak” jamg‘armasi mablag‘larini yo‘naltirilishi yuzasidan hisoboti O’zbekiston 24 kanali orqali 2022 yil 20 apreldagi briffingi davomida o‘qib eshittirildi, shuningdek, respublika boshqaruvi rasmiy veb-sayti(https://obfm.uz/uz)ga 23 aprel va 26 mayda jamg‘arma mablag‘laridan foydalanish yuzasidan hisobot joylashtirildi. “Saxovat va ko‘mak” jamg‘armasidan kam ta’minlangan oilalarga mablag‘ ajratish faqatgina xalq deputatlari mahalliy Kengashlarining qarori bilan amalga oshirib kelinmoqda.