Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Noyabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
252627282930 

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 5 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi


Demokratik jamiyatda ayollar va bolalar huquqlarining himoyasi muhim ustuvor vazifa.

×

 2023-07-07 09:28:14    297

PDF yuklash
Chop etish


Xotin qizlar va bola huquqlari, bu umuman olganda inson huquqlari hamdir. ya’ni inson huquqlari avvalambor O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida mustahkamlangan. Konstitutsiyamizning bosh yo‘nalishi-insonni va uning hayotini ulug‘lashdir. Asosiy qonunimizning 13-moddasida: “O‘zbekiston Respublikasida demokratiya umuminsoniy prinsiplarga asoslanadi, ularga ko‘ra inson, uning hayoti, eriknligi, sha’ni, qadr-qimmati va boshqa daxlsiz huquqlari oliy qadriyat hisoblanadi. Demokratik huquq va erkinliklar Konstitutsiya va qonunlar bilan himoya qilinadi”, deb mustahkamlab qo‘yilgan. Konstitutsiyaning II bo‘limi aynan inson va fuqarolarning huquq va erkinliklariga oid normalarni o‘z ichiga oladi.

Xotin-qizlar huquqlari masalasi inson huquqlarining ajralmas qismi, sivilizatsiyaning eng muhim yutuqlaridan biridir. Inson huquqlari hamda xotin-qizlar haq-huquqlarining tan olinishi uchun xalqaro miqyosdagi harakatlar tarixida muhim bosqich ikkinchi jahon urushidan so‘nggi yillarda boshlandi. 1945-yil iyun oyida urush yakun topgach, Birlashgan Millatlar Tashkiloti tomonidan 1948-yilning 10-dekabrida inson huquqlari xartiyasi Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasini qabul qilindi. Ushbu hujjatning ikkinchi moddasida Deklaratsiyada bayon qilingan huquq va erkinliklarga irqi, rangi, jinsi, tili, e'tiqodi, siyosiy yoki boshqa qarashlari, milliy yoki ijtimoiy kelib chiqishi, mulk, tabaqa yoki boshqa mansubligidan qat'iy nazar, barcha insonlar teng ravishda egaligi qayd etilgan bo‘lib, u hozirda milliy va xalqaro antidiskriminatsion qonunchilikka asos sanaladi. Haqiqatan, hozirgi kunda ayol huquqlari va inson huquqlari sohasidagi ko‘plab xalqaro shartnomalar, rezolyutsiyalar, deklaratsiyalar va harakatlar dasturlarida kafolatlangan asosiy inson huquqlaridan biridir. Xotin-qizlar huquqlari bo‘yicha asosiy xalqaro shartnoma Birlashgan Millatlar Tashkilotining ayollarga nisbatan kamsitishlarning barcha shakllariga barham berish to‘g‘risidagi Konvensiyasi (CEDAW) va uning Fakultativ protokoli hisoblanadi. Bundan tashqari, ayollar huquqlari BMTning boshqa shartnomalarining, jumladan Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi, Fuqarolik va siyosiy huquqlar to‘g‘risidagi xalqaro pakt, Iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy huquqlar to‘g‘risidagi xalqaro pakt, Irqiy kamsitishga barham berish to‘g‘risidagi Konvensiya, Bola huquqlari to‘g‘risidagi Konvensiya singari muhim elementlardir.

O‘zbekiston Respublikasi ayollar huquqlarini har doim ta'minlashga alohida e'tibor beradi. O‘zbekiston Markaziy Osiyoda birinchilardan bo‘lib, 1995-yil 6-mayda BMTning Xotin-qizlarni kamsitishining barcha shakllariga barham berish to‘g‘risidagi Konvensiyasiga qo‘shildi. Shuningdek, Onalikni himoya qilish to‘g‘risida, Mehnat va kasb sohasidagi kamsitish to‘g‘risidagi Konvensiyalari va boshqa xalqaro hujjatlarni ratifikatsiya qilgan. O‘zbekiston BMTning ayollarga nisbatan kamsitishlarning barcha shakllariga barham berish to‘g‘risidagi konvensiyasiga qo‘shilganidan beri oltita davriy hisoboti BMTning xotin-qizlarga nisbatan kamsitishni tugatish Qo‘mitasiga topshirildi.  BMT Ayollar tashkiloti Birlashgan Millatlar Tashkilotining gender tengligi va ayollar huquqlarini kengaytirishga qaratilgan tashkilotidir. BMT Ayollar tashkiloti butun dunyo bo‘ylab ayollar va qizlar uchun Barqaror O‘zbekiston Respublikasi mazkur Konvensiyaga O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 1995-yil 6-maydagi 87-I-sonli “O‘zbekiston Respublikasining 1979-yil 18-dekabrda Nyu Yorkda qabul qilingan Xotin-qizlarni kamsitishning barcha shakllariga barham berish to‘g‘risidagi Konvensiyaga qo‘shilishi haqida”gi qaroriga asosan qo‘shilgan hamda rivojlanish maqsadlarini amalga oshirish maqsadini ko‘zlaydi va 4 ta strategik ustuvorlikka e’tibor qaratgan holda hayotning barcha jabhalarida ayollarning teng ishtirokini qo‘llab-quvvatlaydi.

Konvensiya ijtimoiy, siyosiy, jismoniy va boshqa sabablarga ko‘ra barcha insonlar uchun umumiy bo‘lgan huquq va erkinliklarni amalga oshirishda boshqalar bilan teng imkoniyatga ega bo‘la olmaydigan va shu boisdan davlat tomonidan ham, xalqaro hamjamiyat tomonidan ham qo‘llab-quvvatlanishga muhtoj fuqarolar toifasi huquqlarini qamrab oladi.

Ayollarga nisbatan diskriminatsiyaning barcha shakllarini bartaraf etish haqidagi konventsiyada ayollarning kollektiv va individual huquqlari himoyasi masalasiga kuchliroq urg‘u berilgan. Xususan, 1979-yilgi Konvensiyaning                  1-moddasiga muvofiq, “ayollarga nisbatan diskriminatsiya" tushunchasi jins belgilari asosida, xotin-qizlarning, oilaviy ahvolidan qat'iy nazar, ayol va erkak tengligiga tayanib, insonning siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy, madaniy, fuqarolik va boshqa sohalardagi huquqlari va asosiy erkinliklaridan foydalanishiga to‘sqinlik qilish, ularni tan olmaslikka qaratilgan har qanday cheklov yoki taqiqni bildiradi”. Ayni paytda Konventsiyaning 4-moddasida a'zo-davlatlar tomonidan onalikni himoyalash, shuningdek, ayollar va erkaklarning faktik tengligini o‘rnatishni jadallashtirishga yo‘naltirilgan maxsus muvaqqat choralar diskriminatsiya sanalmasligi ta'kidlanadi.

Umuman olganda, o‘tgan asrning 70-yillari dunyo miqyosida ayollar teng huquqliligi masalalarida uyg‘onish, jadallashuv sezilgan davr bo‘ldi. Xususan,   1975-yilning BMT Bosh Assambleyasi tomonidan Xalqaro ayollar yili, deb atalishi, 1976-1985 yillar oralig‘idagi davrning esa “Tenglik, taraqqiyot, tinchlik” shiori ostida BMT Ayollar O‘n yilligi e'lon qilinishi fikrimiz isbotidir. 1979-yilgi BMT Konvensiyasi esa erkak va ayollarning huquqiy asosga bo‘lgan huquq va imkoniyatlarini tenglashtirish vazifasini ko‘ndalang qo‘ygan, mazkur masalaga bag‘ishlangan prinsipial ahamiyatli ilk xalqaro hujjat bo‘ldi.

2030-yilgacha bo‘lgan davrda BMT Global kun tartibining Barqaror rivojlanish maqsadlarini izchil amalga oshirish bo‘yicha tizimli ishlarni tashkil etish maqsadida Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 21-fevraldagi 83-son qarori bilan tasdiqlangan «2030-yilgacha bo‘lgan davrda barqaror rivojlanish sohasidagi milliy maqsad va vazifalar»ning 5-maqsadi – Gender tenglikni ta’minlash va barcha xotin-qizlarning huquq va imkoniyatlarini kengaytirish – mamlakatimizda xotin-qizlar va erkaklarning teng huquq hamda imkoniyatlarini ta’minlashga qaratilgan islohotlar bilan hamohangdir.

Ayollar huquqlarini himoya qilishda bola huquqlari ham katta ahamiyat kasb etadi. Sog‘lom avlod jamiyatning eng katta boyligi hisoblanadi. Yosh avlod qadrlanmagan jamiyat hech qachon mukammal va tez rivojlana olmaydi. Kelajakni ishonib topshirish uchun har qanday jamiyat o‘sib kelayotgan yosh avlodni qadrlamog‘i, uning har tomonlama sog‘lom qilib tarbiyalanishiga sharoit yaratib bermog‘i lozim. Konstitutsiya va boshqa qonunchilik hujjatlariga muvofiq har bir bolaga inson hamda fuqaro huquqlari va erkinliklari tegishli bo‘ladi hamda davlat tomonidan kafolatlanadi.

So‘ngi yillaarda O‘zbekiston milliy qonunchiligining xalqaro standartlarga uyg‘unligini ta’minlash sari dadil olg‘a siljimoqda. Fikrimizning dalili sifatida shuni aytish mumkinki, davlatimiz bola huquqlari kafolatlari to‘g‘risida, Odam savdosiga qarshi kurashish to‘g‘risida va bola huquqlarini himoya qilishga doir boshqa qator qonunlarni qabul qildi. Barchamizga ma’lumki, 1948-yil BMT Bosh Assambleyasi tomonidan Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi qabul qilingan. 1989-yil         20-noyabrda esa Bosh Assambleya rezolyutsiyasi asosida “Bola huquqlari to‘g‘risida”gi Konvensiya qabul qilindi. O‘zbekiston davlati bu konvensiyani     1992-yil 9-dekabrda ratifikatsiya qildi. Keyinchalik 2008-yil 7-yanvarda O‘zbekiston Respublikasining  “Bola huquqlari kafolatlari to‘g‘risida”gi Qonuni qabul qilinib, unga ko‘ra bola huquqlarini himoya qilish bo‘yicha davlat siyosatining asosiy yo‘nalishlari belgilab berildi.

Darhaqiqat, “Bola huquqlarini ta’minlash hozirgi zamonning global muammolaridan biri bo‘lib, uni hal etish bilan bog‘liq masalalar jahon hamjamiyatining doimiy diqqat e’tiborida turibdi. Bu bejiz emas, chunki yosh avlod jamiyat taraqqiyoti va istiqbolini ta’minlovchi yetakchi kuch hisoblanadi”. Shuning uchun davlatimiz jismoniy va yuridik shaxslar, shu jumladan, bolalar hamda ular qonuniy vakillarining bola huquqlari va qonuniy manfaatlari buzilishi to‘g‘risidagi murojaatlarni ko‘rib chiqish orqali bolaning huquqlari, eriknliklari va qonuniy manfaatlarini himoya qilinishi kafolatlarini ta’minlab beradi.  Ayniqsa, imkoniyati cheklangan bolalar, shuningdek yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalar tarbiya muassasalarini tamomlagandan keyin ularning ijtimoiy moslashuviga, qonun hujjatlari talablariga javob beradigan turar joy bilan ta’minlanishiga ko‘maklashadi. Bola huquqlarini yanada keng doirada kafolatlash maqsadida qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil            29-maydagi “Inson huquqlarini himoya qilish tizimini takomillashtirish bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi navbatdagi qarori Bola huquqlari bo‘yicha vakil  o‘z vakolatlarini mustaqil hamda davlat organlari va ularning mansabdor shaxslariga tobe bo‘lmagan tarzda bajarishi, daxlsizlik huquqidan foydalanishi va u O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining roziligisiz jinoiy javobgarlikka tortilishi, ushlab turilishi, qamoqqa olinishi yoki sud tartibida beriladigan ma’muriy jazoga tortilishi mumkin emasligi kabi qoidalarni qat’iy belgilab qo‘ydi.

Yuqoridagi tahlillardan shuni xulosa qilishimiz mumkinki, dunyo mamlakatlari qatorida va xalqaro hamjamiyatda munosib o‘ringa ega bo‘lgan O‘zbekistonning davlat va jamiyat sifatidagi taraqqiyoti silsilasida ayollar va bolalarning o‘rni, uning siyosiy va huquqiy madaniyati alohida ahamiyat kasb etadi, bugungi globallashuv jarayonida yangi avlodning har qanday sharoitga nisbatan faol fuqarolik pozitsiyasini shakllantirish masalasida xotin-qizlarning va yosh avlodning o‘rni va roli har qachongidanda muhim. Shu bois islohotlarning asosiy mazmuni ham xotin-qizlarning yangi g‘oya va tashabbuslar bilan chiqishlarini qo‘llab-quvvatlash, mamlakatimizda amalga oshirilayotgan sa’y-harakatlar, o‘zgarishlar va ijtimoiy-siyosiy jarayonlarda ularning faol ishtirok etishlarini ta’minlashdan iborat.

Furqat tuman prokurori
S.Aminjonov