Shrift o'lchami Rang Rasm

<< Dekabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
3031     

Yangiliklarga obuna bo'lish


Hozir saytda 12 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi


CHO’NG’ARADA BIR KUN.....

×

 2020-01-18 22:29:45    694

PDF yuklash
Chop etish


Farg’ona viloyati tarkibida 70 ming aholisi bo’lgan So’x tumani, jannatmakon Shohimardon qishlog’i va atigi 240 xonadon, 1400 nafar fuqaro yashaydigan Cho’ng’ara qishloqlari rasmiy ibora bilan aytganda anklav, ya'ni o’zga mamlakat ichida “orolcha” shaklidagi hududdir.



- Ammo O’zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning bizga bo’lgan shaxsiy e'tibori, g’amxo’rligi tufayli biz avvalgi yillardagi noqulayliklarni unutdik, - deydi Cho’ng’ara qishloq fuqarolar yig’ini raisi Murotali Sotvoldiyev. – Biz O’zbekiston deb atalmish davlatni bir qismi ekanimiz bilan doimo faxrlanamiz.

Bugun Farg’ona viloyati hokimi Shuhrat G’aniyev boshchiligida viloyatning barcha tashkilot rahbarlari hududdagi fuqarolarning turmush tarzini o’rganish, ularni ijtimoiy himoya qilish, muammolarini hal etish maqsadida Cho’ng’ara qishlog’ida bo’ldilar.


Hokim cho’ng’aralik yoshlarga nima va'da qildi?

Shuhrat G’aniyevning shaxsiy telegram kanalidan cho’ng’aralik yoshlar xabardor edilar. Shuning uchun muloqot amaliy ishlardan boshlandi.

- Ikki kun ilgari Cho’ng’araga kelmoqchi ekanimni e'lon qilgandim. Sizlardan 37 ta masalada elektron murojaat keldi. Ularning barchasiga bugun amaliy javob olasizlar.

Murojaatlar esa turli mavzuda. “Yoshlar kelajagimiz” dasturi asosida kredit olishdan, yangi elektr podstantsiyasi qurishgacha edi. Xatto bir fuqaro qishloq yoshlariga oliy ta'lim muassasiga o’qishga kirishda imtiyoz berilishini ham so’ragan...

Uchrashuv chog’ida yana bir qancha yigit-qizlar o’zlarining orzu umidlari, hayotiy rejalari haqida fikrlashdilar. Har bir taklif, murojaat e'tiborga olindi.

- Men siz yoshlarning chaqirig’ingiz bilan xatto har hafta bu yerga kelib uchrashishga tayyorman, - dedi Shuhrat G’aniyev

Shundan so’ng amaliy tadbirlarga o’tildi.



Tikuvchilik sexi tashkil etildi

Cho’ng’ara qishlog’i, Do’stlik ko’chasi 2-uyda bugun qishloq ayollari jam bo’ldi. Boisi, qishloq xotin-qizlariga viloyatdan sovg’a deb tadbirkor Orzugul Kajayeva xonadoniga 34 ta tikuv mashinasi keltirilib, o’rnatildi va 40 nafar xotin-qizlar ish bilan ta'minlandi. Endi ushbu tikuvchilik sexi mahsuloti bo’lgan bejirim liboslar, kiyim-kechaklar Cho’ng’ara qishlog’ining har bir xonadoniga kirib boradi.

Ishlik bo’lgan qizlarning quvonchi cheksiz edi. Tikuv mashinalari o’rnatilgach, ular darhol ishga kirishib ketdilar. Yangicha dizayndagi liboslar yaratishning muhokamasi avj oldi.



Maktabga kutilmagan sovg’a

Cho’ng’ara qishlog’ida bitta o’rta umumta'lim maktabi bo’lib, unda 259 nafar o’quvchi tahsil oladi. O’tgan yili maktab binosi rekonstruktsiya qilingan, zamonaviy mebel jihozlari bilan ta'minlangan edi. Bugun esa ...

- Maktabimizga to’satdan yuk mashinalari kirib keldi. Biz gap nimada ekanidan bexabar edik, - deydi maktab o’quvchisi Sevinch Mamazohidova. – Keyin bilsak...

50 ta kompyuter jamlanmasi, 2 mingta o’zbek va xorij adabiyotlarining eng yaxshi namunalari chop etilgan kitoblar, sportning boks, tennis, karate turlari bilan shug’ullanish jihozlari, yuzdan ziyod voleybol, basketbol, futbol to’plari, to’garaklar uchun milliy cholg’u asboblari, har bir kompyuter uchun 50 ta maxsus mebel stollari.....

- Maktabimizda kompyuter xonasi, sport va xavaskorlik to’garagi bo’lishini orzu qilardik. Bizga jihozlargina emas, sport treneri, musiqashunos o’qituvchi ish o’rni ham ajratildi, - deydi maktab direktori Sharofiddin Polvonov.

Lekin eng quvonarlisi, yana bir “sirli” sovg’a edi.

- Viloyat hokimligi qaror qildi, bu maktabga boshqa joydan qatnab ishlaydigan fan o’qituvchilari yashashi uchun ikki qavatli 15 ta 3 xonali xonadoni bo’lgan uy qurib beriladi, - dedi viloyat hokimi o’rinbosari Dilafruz Qosimova.



Cho’ng’araliklar tibbiy ko’rikdan o’tdi

Viloyat sog’liqni saqlash boshqarmasining tor doiradagi malakali mutaxassislari, tajribali vrachlar qishloq aholisini tibbiy ko’rikdan o’tkazishdi. Qishloq vrachlik punktiga esa 350 mln. so’mlik 21 turdagi birinchi yordam dori vositalari hamda kerakli tibbiy anjomlar keltirildi.

- Bugun qishlog’imiz aholisi uchun unutilmas kun, - deydi 61 yoshli Tursunoy ona. – Viloyatdagi malakali vrachlar huzuriga sog’ligimni tekshirtirish uchun keldim. Qo’llari dard ko’rmasin, kerakli muolajalarni qilishdi. O’zimni tetik his qilyapman. Bizning holimizdan xabar olgani kelganlari uchun qishlog’imiz keksalari juda minnatdor.



Faxriylar sanatoriyaga, yoshlar sayohatga!

Cho’ng’ara qishlog’i ahli asosan dehqonchilik va chorvachilik bilan shug’ullanadi. “Cho’ng’ara” navli guruch dovrug’i butun olamga ketgan. Chunki u So’x daryosi qirg’oqlarida yetishtiriladi. Qishin-yozin sholipoya oralab yurgan, sholi oqlab changga botgan aka-opalarga “Tovoqsoy”, “Qiziltepa” “Kosonsoy” sihatgohlariga qishloq MFY maslahat kengashi tavsiyasi asosida bepul yo’llanmalar berildi. To’rt nafar afg’onchi jangchilar bor ekan, Cho’ng’arada. Ularga ham yo’llanmalar ajratildi.

- Mamlakat tarixi, buguni va ertasini o’qib bilish boshqa, uni o’z ko’zi bilan ko’rish boshqa, - dedi viloyat hokimi Shuhrat G’aniyev. – Cho’ng’aralik 150 nafar yoshlar, maktabning yuqori sinf o’quvchilarini hamda 50 nafar faol xotin-qizlarni shu kunlardayoq Toshkent, Samarqand, Buxoro shaharlariga bepul sayohatga yuboramiz.

Qishloq yoshlari va xotin-qizlar yetakchilari bugunoq sayohatga boradiganlar ro’yxatini tuzdilar.



Solijonxoji bobo endi velosipedda yuradi

Cho’ng’arada to’rtta ko’cha bor. Qishloqning u yonidan bu yonigacha 4-5 chaqirim masofa. Bu yerda mashinada cho’ng’araliklarning o’zlarigina yurishadi. Shuning uchun ko’chalarda yurish, yugurish uchun har doim imkoniyat bor.

        - Yoshim ulg’aygan sari kamharakat bo’lib qolayotgan edim, toki Shuhratjon G’aniyev o’g’lim bugun qishlog’imizga kelgunicha, - deydi Solijonxoji Muhammadiyev. – Bugun bizga olib kelingan sovg’alar ichida 50 ta juda chiroyli va qulay velosipedlar bor ekan. Hokim ularning birini menga berdilar.

Ha, cho’ng’aralik 50 nafar nuroniyga Qo’qon erkin iqtisodiy zonasidagi “Kokand Bicycles” korxonasida ishlab chiqarilgan velosipedlar tarqatildi.

Endi Solijonxoji bobo ham, tengqur hamqishloqlari ham Cho’ng’ara ko’chalarida bemalol poyga o’tkazsalar bo’laveradi.



Yangi bog’cha ochildi, yana yangisi qurildi

Har bir xonadonda kamida bittadan maktabgacha yoshdagi bola bo’lganda ham Cho’ng’ara qishlog’iga 240 o’rinli bog’cha kerak. Bugun esa endi 50 o’rinli maktagacha ta'lim tashkiloti tantanali suratda ochildi. Bino ixcham, ammo sharoitlar yetarli.

- Erta bahordan namunali loyiha asosida 80 o’rinli yana bir bog’cha qurilishini boshlaymiz, - dedi hokim. – Buning uchun yetarlicha mablag’ ajratiladi.

Shu bugun viloyat MTT boshqarmasi, Rishton tumani kadastr xizmati yangi quriladigan bog’cha uchun yer maydoni tanladilar.



Endi giloszor bog’larimiz bo’ladi!

Ochig’i, So’xning foydali va quvvatli, tabiiy darmonlarga to’yingan suvi har qanday mineral o’g’itdan kuchli. Bu dehqon bobolarning ko’p yillik tajribalaridan olgan xulosasi. Lekin bu yerda negadir sholiga hamisha ustuvorlik berilgan. Mevalarni esa...

Ha, sotib olardilar. Bugun Cho’ng’araga kelgan karvonda olma, gilos, nok, shaftoli, qandak o’rik kabi ko’chatlar, poliz ekinlari urug’lari ham bor edi.

- Hayronman, nega ilgari mevali daraxt ekmagan ekanmiz, - deydi Xursanali bobo. - Bugun menga ham ko’chatdan berishdi. Hovlimizga har xil meva ko’chatlaridan 20 tupini ekdik. Endi mening ham o’z bog’im bo’ladi.

- Biz 5 gektar yangi bog’ qilishga yetarli sara, serhosil mevali ko’chatlar va 5 gektarga yetarli sabzi, piyoz urug’larini keltirgandik, - deydi viloyat fermer, dehqon ho’jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi raisi Zohid Ikromov. - Ularni 76 ta xonadonga tarqatdik. Endi vaqti-vaqti bilan kelib maslahatlar berib turamiz.



Yangi do’kon ochildi

Dilraboxon Mamadiyeva qishloq aholisining uzog’ini yaqin qilish maqsadida savobli ishga qo’l urgan. Bugun Dilraboxon o’z maqsadiga yetdi. Qishloqda yangi do’kon faoliyatini boshladi. Endilikda o’g’li Sanjarbek bilan birgalikda hamqishloqlariga ro’zg’or uchun kerakli bo’lgan sifatli mahsulotlarni yetkazib beradilar.

- Bugun viloyat Markaziy banki rahbari bilan do’konga zarur qo’shimcha uskunalar, sovuqxona va jihozlar uchun kredit masalasini kelishib oldik, - deydi Dilraboxon. – Masalamiz bunaqa tez, muhimi shu yerda hal qilinishini kutmagan edim.

Nuroniy otaxonlar boshlangan ishning hayrli davom etishini tilab duo qildilar.



Yana...

...Viloyat “Hududgazta'minot” MChJ direktori Ulug’bek Qo’chqorov o’zi bosh bo’lib, 240 xonadonning har biriga suyultirilgan gaz balonini bepul tarqatdi.

...Viloyat elektr tarmoqlari mutaxassislari bitta podstantsiyani yuqori quvvatlisiga almashtirish va 5 km elektr uzatish havo tarmog’ini tortishga kirishdi.

...Aholi ichimlik suvi ta'minotini yaxshilash maqsadida 1,5 km suv quvurlari yotqizish uchun ariq qazila boshlandi.

...Qishloqda istiqomat qilayotgan 6 nafar fuqaroligi bo’lmagan shaxslarning arizalari viloyat IIB boshlig’i Rahmatjon Mamatov tomonidan ijroga qabul qilindi.

.. Tadbirkorlik faoliyati bilan shug’ullanish istagini bildirgan yoshlarga imtiyozli kredit ajratildi. Bunda garov o’rniga viloyat hokimi kafolat xati yozib berdi.



Farg’ona viloyati hokimligi Axborot xizmati