Navro‘zi olam va Muborak Ramazon hayiti munosabati bilan O‘zbekiston tumanidagi ko‘p millatli “Sho‘rsuv” mahalla fuqarolar yig‘inida ham bayram tantanalari yuqori kayfiyatda nishonlandi.
Milliy xalq o‘yinlari, kitoblar yarmarkasi, sport musobaqalari, milliy taomlar, hunarmandchilik ko‘rgazmalari va konsert dasturi namoyish etilgan tadbirda mahalla ahli, yoshlar, nuroniylar, ijodkorlar va keng jamoatchilik ishtirok etdi.
Bag‘rikenglik va birdamlik bayram sayli yig‘ilganlarga xursandchilik ulashdi.
Shodiyonalar davomida ehtiyojmand va nogironligi bo‘lgan yurtdoshlarimizning holidan xabar olinib, bayram tilaklari va sovg‘alari yetkazildi.