Maxsus imkoniyatlar

Ekran o'lchami:

50 %

Shrift o'lchami:

50 %
Saytni baholash
0
0

1662025-04-05 16:22

Mahalla arig'ini tozalash maqsadida hashar tashkil etildi

http://api3.fergana.uz/files/151400/news/file-2083903337529915.jpg
http://api3.fergana.uz/files/151400/news/file-2083903337546645.jpg
http://api3.fergana.uz/files/151400/news/file-2083903337557400.jpg
http://api3.fergana.uz/files/151400/news/file-2083903337572935.jpg
http://api3.fergana.uz/files/151400/news/file-2083903337576520.jpg
Xalqimizga xos bo'lgan umrboqiy an'ana va udumlar borki, ular bizga ota-bobolarimizdan yuksak meros sifatida o'tib kelmoqda. Mana shunday milliy udumlardan biri bu hashardir. Hashar orqali xalqimiz ko'p xayrli ishlarni bajarishgan. Obodlik yo'lida qilingan barcha sa'y-harakatlar hashar orqali amalga oshirilgan. - Yangiariq mahallasi aholisi ham har erta bahor ushbu betakror faslni xayrli ish va ezgu amallar bilan boshlaydilar. Bu yili hum ushbu an'anaga sodiq qolgan holda hudud arig'ini tozalash maqsadida bugun hashar tashkil etdik va bu tadbirda barcha mahallamiz ahli, ayniqsa, yoshlar fa'olik bilan ishtirok etishdi, - deydi mahalla yoshlari vakili Nodirbek Sobiraliyev. - Mahallamizning saxovatpesha homiylari ko'magida ariqni ta'mirlash uchun barcha zaruriy mahsulotlar yetkazib berildi. Mahalla hududidagi uzunligi salkam 15 kilometr bo'lgan kanalni tozalashda bugun barcha mahalla ahli bir yoqadan bosh chiqarib mehnat qilishmoqda. Aslida har yili bahor fasli boshida mahallada bir bo'lib, hashar yo'li bilan ariq tozalash mahalladoshlarimiz uchun an'ana tusiga aylanib qolgan, - deya so'zida davom etadi mahalla yoshlari vakili. So'x tumani hokimligi Axborot xizmati

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!

Tavsiya etamiz