Oltiariq tumanida ipak qurti parvarishiga kirishildi.
Azimobodda tashkil etilgan inkubasiyada tuman hokimi Sh.Turdaliev hamda mas‘ullar ishtirokida dastlabki ipak qurti tarqatilish jarayoniga fotiha berildi.
Pillachilik mutaxassislari qishloq xo‘jaligida chilligi hosil xisoblangan ipak qurti urug‘lari joylangan qutilarni fermer va kasanachilarga tarqatishni boshlashdi.
Bugundan ozuqlantirishni boshlab, deyarli bir oy mobaynida qimmatbaho sanoat xomashyosi etishtiriladi.
Qisqa vaqt ichida pillakorlarning daromadi ko‘rinadi, qolaversa, davlatga sifatli mahsulot topshiriladi.