O‘zbekiston tumanilik pedagog yilning eng yaxshi tarbiyachilaridan biri deb topildi
Bugun Abdulla Avloniy nomidagi pedagogik mahorat milliy institutida maktabgacha taʼlim tashkilotlari pedagoglari oʻrtasida oʻtkazilgan “Yilning eng yaxshi tarbiyachisi — 2025” kasbiy koʻrik-tanlovi gʻoliblarini taqdirlash marosimi boʻlib oʻtdi.
Quvonarlisi mazkur nufuzli tanlovda ishtirok etgan O'zbekiston tumanidagi 4-DMTT tarbiyachisi Dilnoza Shamatova “Eng yaxshi eko-targʻibotchi tarbiyachi” nominatsiyasi boʻyicha fahrli 3-o'ringa sazovor bo'ldi.
Tadbirda ishtirok etgan Maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri Hilola Umarova tanlov gʻoliblarini samimiy tabrikladi. G'oliblar belgilangan pul mukofotlari va qimmatbaho sovgʻalar bilan taqdirlandi.
Maʼlumot uchun: o‘rnatilgan tartibga ko‘ra, oliy maʼlumotga ega boʻlmagan gʻoliblar oliy taʼlim muassasalarining “Maktabgacha taʼlim” yoʻnalishiga imtihonlarsiz davlat granti asosida oʻqishga kirish imtiyozini qoʻlga kiritadi.