Farg‘ona tumanida kitoblar ko‘rgazmasi oldida viktorina o‘yini tashkil etildi
“Kitobxonlik haftaligi” doirasida Farg‘ona tumani axborot-kutubxona markazida navbatdagi qiziqarli tadbir bo‘lib o‘tdi. Tadbir davomida kitoblar ko‘rgazmasi oldida maktab o‘quvchilari ishtirokida viktorina o‘yini tashkil etildi.
Viktorina o‘yini savol-javob shaklida o‘tkazilib, unda o‘quvchilarning kitoblar, adabiyot va tarixga oid bilimlari sinovdan o‘tkazildi. Ishtirokchilar berilgan savollarga to‘g‘ri va faol javob berishga harakat qildilar.
Savollarga to‘g‘ri javob bergan ishtirokchilarga axborot-kutubxona markazi tomonidan esdalik sovg‘alari topshirildi. Bu esa yosh kitobxonlarning ishtirokini yanada rag‘batlantirdi va ularning bilim olishga bo‘lgan qiziqishini oshirdi.