“Shijoat va g‘ayrat” harbiy-sport musobaqasining tuman bosqichi bo‘lib o‘tdi
“Shijoat va g‘ayrat” harbiy-sport musobaqasining tuman bosqichi Bolalar va o‘smirlar sport maktabida ko‘tarinki ruhda bo‘lib o‘tdi.
Mahallalarda o‘tkazilgan musobaqalarda 18-22 yoshli yigit va qizlar bir jamoa bo‘lib tuman bosqichiga yo‘llanma olish uchun bellashdilar.
Tuman bosqichi uchun o‘tkazilgan musoboqaning natijalariga ko‘ra, 1-o‘rinni “Istiqbol”, 2-o‘rinni “Xo‘jaqishloq”, 3-o‘rinni “Langar” mahallasi yoshlari egallashdi.