Xitoy Xalq Respublikasining Xotan provinsiyasi rasmiylari va 30 dan ortiq yirik kompaniya vakillari Quvasoy shahriga tashrif buyurdi
Xitoy Xalq Respublikasining Xotan provinsiyasi rasmiylari va 30 dan ortiq yirik kompaniya vakillari Quvasoy shahriga tashrif buyurdi
Tashrifdan maqsad iqtisodiy-ijtimoiy sohalardagi oʻzgarishlar bilan tadbirkorlarni tanishtirish, ularni yangi investitsiya loyihalariga jalb qilish, Oʻzbekiston-Xitoy oʻrtasidagi savdo aloqalarini yanada mustahkamlashdan iborat.
Tashrif doirasida delegatsiya a’zolari "Bunyodkor" yoshlar va tadbirkorlik zonasidagi "Blue Carbon" MChJ va Qo‘qon EIZ Quvasoy filiali hududidagi “Crown Ceramics” MChJ faoliyatlari bilan tanishdilar.
Shuningdek, Qo‘qon EIZ Quvasoy filiali hududida yangi loyihalarni ishga tushirishda imtiyozlar mavjudligi tushuntirildi. Shu hududdagi bo‘sh yer maydonlarida yangi loyihalar amalga oshirish bo‘yicha tavsiyalar berildi.
Quvasoy shahar hokimligi Axborot xizmati