Maxsus imkoniyatlar

Ekran o'lchami:

50 %

Shrift o'lchami:

50 %
Saytni baholash
0
0

352025-05-15 16:12

Oltiariq tumanida Agrobank ATB Farg‘ona viloyat boshqarmasi boshlig‘i

https://api3.fergana.uz/files/151200/news/news_1747307539457.jpg
https://api3.fergana.uz/files/151200/news/news_1747307539577.jpg
https://api3.fergana.uz/files/151200/news/news_1747307539735.jpg
https://api3.fergana.uz/files/151200/news/news_1747307539764.jpg
https://api3.fergana.uz/files/151200/news/news_1747307539789.jpg
https://api3.fergana.uz/files/151200/news/news_1747307539838.jpg
https://api3.fergana.uz/files/151200/news/news_1747307539843.jpg
https://api3.fergana.uz/files/151200/news/news_1747307539839.jpg
Ravshanbek Dadaqo‘zievning yoshlar bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Tadbirda tuman hokimining yoshlar masalalari bo‘yicha o‘rinbosari Azimjon Islomov, Agrobankning tuman filiali rahbar va mutaxassislari hamda oltiariqlik bir guruh yoshlar ishtirok etdi. Ochiq muloqot tarzida o‘tkazilgan uchrashuvda bank rahbari tomonidan mamlakatimizda tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish  borasida Prezidentimiz boshchiligida amalga oshirilayotgan islohotlar haqida ma‘lumotlar berildi. Tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanayotgan fuqarolar ayniqsa, yoshlarni ishbilarmonlik va biznesga yo‘naltirish, bu borada yangi g‘oya va tashabbuslarni rag‘batlantirish uchun Agrobank tizimida yo‘lga qo‘yilgan ishlar, samarali biznes loyihalarni moliyalashtirish, yoshlarni bank, moliya sohasidagi bilimlarini shakllantirish masalalarida fikr yuritildi. Yoshlar tadbirkorlik, moliyaviy xo‘jalik yuritish va shu kabi mavzuga oid savollarga mutaxassislardan javob oldilar.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!

Tavsiya etamiz