So'x xalqi qadimdan o'zining mehr-oqibati, insonparvarligi, saxovatpeshalik kabi fazilatlari bilan dong qozongan. Darhaqiqat, muhtoj insonlarga yordam berish, bemorlar holidan xabar olish, ularning xasta ko'ngillariga shirin so'z ila malham bo'lish savobli ishdir.
Bugun, “Saxovat – benazir qadriyat” loyihasi asosida Hazrati Ali mahalla fuqarolar yig'inida tashkil etilgan "Saxovati mahallai Hazrati Ali" jamg'armasidan Hazrati Ali va Sarikanda mahalla raislari boshchiligida Saribozorcha, Sarikanda, Mulgon va Hazrati Ali mahallalarida yashovchi kamta'minlangan, boquvchisini yo'qotgan oilalarga yuz qopga yaqin un va yog' mahsulotlari xonadonbay tarqatilib, ularning holidan xabar olindi.
- Bunday ezgu ishga bel bog'lagan, jamg'armamizga homiylik qilgan yurtdoshlarimiz, saxovatmand tadbirkorimiz Valijon Tuychiyevga o'z minnatdorchiligimizni bayon qilamiz, - deydi Hazrati Ali mahalla fuqarolar yig'ini raisi, Xalq deputatlari Farg'ona viloyati Kengashi deputati Subhonali Nishonov.
So'x tumani hokimligi Axborot xizmati