Шрифт ўлчами Ранг Расм

<< Noyabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
252627282930 

Янгиликларга обуна бўлиш


Хозир сайтда 7 нафар фойдаланувчи Ишонч телефони статистикаси


Фурқат тумани тарихи

 2020-07-17 10:10:27    2473

PDF юклаш
Чоп этиш


Farg‘ona viloyati tarkibiga kiruvchi Furqat tumani markazi "Navbahor" qishlog‘i dastlab Gorskiy qishlog‘i deb nomlanib, 1899 yil 11 aprelda Xovosdan Qo‘qonga birinchi poyezd kirib kelgan kundan tilga olingan.

Gorskiy Anton Gavrilovich (1846-1901yil) temir yul asoschilaridan biri bo‘lgan. U Samarqand - Andijon temir yo‘l qurilishining 4-qismiga boshchilik qilgan. 1943 yili 58 ta jamoa xo‘jaliklari birlashtirilib, Gorskiy rayoni tashkil etilgan. 1959 yili Gorskiy rayoni tugatilib O‘zbekiston rayoniga qo‘shib yuborilgan. 1962 yili Kirov rayoniga o‘tkazilgan.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1991 yil 5 iyuldagi 182 - sonli qarori, Xalq deputatlari viloyat kengashi ijroiya qo‘mitasining 1991 yil 25 iyuldagi 21917 - sonli qarori hamda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining 1992 yil 9 apreldagi 573 - sonli qaroriga asosan Furqat tumani tashkil etildi. 1992 yildan Furqat tumani markazi Gorskiy qishlog‘i "Navbahor" deb nomlandi, keyinchalik "Navbahor"shaharchasiga aylantirildi.