Maxsus imkoniyatlar

Ekran o'lchami:

50 %

Shrift o'lchami:

50 %
Saytni baholash
0
0
Sayt test rejimida ishlamoqda...

172026-06-01 10:12

Furqat tumani hokimining navbatdagi sayyor qabuli o‘tkazildi

http://api3.fergana.uz/files/151700/news/file-2127447479865350.jpg
http://api3.fergana.uz/files/151700/news/file-2127447479867740.jpg
http://api3.fergana.uz/files/151700/news/file-2127447479868935.jpg
http://api3.fergana.uz/files/151700/news/file-2127447479870130.jpg
Furqat tumani hokimining navbatdagi sayyor qabuli o‘tkazildi Furqat tumani hokimi E. Asronqulovning jismoniy va yuridik shaxslar uchun navbatdagi sayyor qabuli O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Furqat tumanidagi Xalq qabulxonasida tashkil etildi. Fuqarolarga qulaylik yaratish hamda masalalarni joyida o‘rganish va hal qilish maqsadida qabul davomida hokim o‘rinbosarlari, tumandagi tashkilot va muassasalarning rahbarlari ham ishtirok etadilar. Shuningdek Qabul davomida tuman prokurori va Ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i ham tegishliligi bo‘yicha fuqarolarni qabul qilishdi. Qabul ochiq va oshkora muhitda o‘tib, fuqarolar o‘zlarini qiziqtirgan masalalar bo‘yicha tuman rahbariga to‘g‘ridan-to‘g‘ri murojaat qilish imkoniyatiga ega bo‘ldilar. Qabul jarayonida jami 23 nafar jismoniy va yuridik shaxslar turli masalalar yuzasidan murojaatlar qildilar. Shu kunning o‘zida 3 ta murojaat ijobiy hal etildi hamda murojaatchilarga natijasi ma’lum qilindi. Qolgan murojaatlar bo‘yicha esa mas’ul rahbarlarga aniq vazifalar yuklatilib, qonun talablari asosida ko‘rib chiqish va belgilangan muddatlarda hal etish uchun nazoratga olindi. Tuman rahbarining navbatdagi sayyor qabulining vaqti va manzili to‘g‘risida ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimizda ma’lumot berib boramiz.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!

Tavsiya etamiz