So‘x tuman davlat soliq inspeksiyasi 2025 yilning 2 oy natijasiga ko‘ra, viloyatda birinchi o‘rinda!
So‘x tuman davlat soliq inspeksiyasida ayni kunda 20 nafar xodim faoliyat olib boradi. Tumandagi 27 ta mahalla fuqarolar yig‘inlariga tizimdan 11 nafar xodim biriktirilgan.
Soliq tizimiga oid statistik ma‘lumotlar:
- Tumandagi yuridik korxonalar soni – 816 ta;
- yakka tadbirkorlar – 786 nafar;
- dehqon xo‘jaliklari- 2 806 ta;
- o‘zini o‘zi band qilganlar – 4 964 nafarni tashkil etadi.
Mahalliy byudjetga mablag‘lar tushumi 2025 yilning yanvarь oyi uchun 746 million so‘m etib belgilangan bo‘lib, reja 864 million so‘mga, rejaga nisbatan 218 million so‘m ko‘p, yoxud 129 foiz etib bajarilgan.
Fevralь oyi uchun mablag‘lar tushumi 862 million so‘m bo‘lib, reja 958 million so‘mga, ya‘ni ortiqcha 96 million so‘mga, yoxud 111 foizga bajarilgan. Jami yanvarь va fevralь oylarida reja 314 million so‘mga ortig‘i bilan bajarilgan.
2025 yilning dastlabki ikki oyi ko‘rsatgichlari natijasiga ko‘ra, So‘x tuman davlat soliq inspeksiyasi viloyatda birinchi o‘rinni egalladi. Muvaffaqiyatlaringiz bardavom bo‘lsin, tuman soliq tizimi xodimlari!
So‘x tumani hokimligi Axborot xizmati