Maxsus imkoniyatlar

Ekran o'lchami:

50 %

Shrift o'lchami:

50 %
Saytni baholash
0
0
Sayt test rejimida ishlamoqda...

1672025-06-18 17:42

Farg‘ona tumanida mavsumiy kasalliklarning oldini olish bo‘yicha sanitar targ‘ibot ishlari olib borilmoqda

https://api3.fergana.uz/files/150400/news/news_1750250548652.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150400/news/news_1750250548656.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150400/news/news_1750250549015.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150400/news/news_1750250549013.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150400/news/news_1750250549091.jpg
https://api3.fergana.uz/files/150400/news/news_1750250549085.jpg
O‘zbekiston Respublikasi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasining Farg‘ona tuman bo‘limi mutaxassislari tomonidan tumandagi “Avval” mahalla fuqarolar yig‘ini hududida profilaktik chora-tadbirlar izchil amalga oshirilmoqda. Ushbu ishlar doirasida aholi xonadonlarida yuqumli va mavsumiy kasalliklarning oldini olish, ularning keng tarqalishining oldini olish hamda fuqarolarning sanitariya-gigiena madaniyatini yanada oshirishga qaratilgan tushuntirish va targ‘ibot ishlari olib borilmoqda. Targ‘ibot jarayonida mutaxassislar tomonidan aholiga mavsumiy infeksiyalar, ayniqsa, yoz oylarida tez-tez uchraydigan ichak kasalliklari, oziq-ovqatdan zaharlanish holatlari va boshqa yuqumli kasalliklar haqida keng ma‘lumotlar berilmoqda. Shuningdek, shaxsiy gigiena qoidalariga rioya qilish, toza ichimlik suvidan foydalanish, oziq-ovqat mahsulotlarini saqlash va tayyorlashdagi ehtiyot choralariga alohida urg‘u qaratilmoqda. Tadbir davomida aholining savollariga mutaxassislar tomonidan batafsil javoblar berildi, turli tahliliy bukletlar tarqatildi hamda zarur holatlarda sanitar ko‘riklar ham tashkil etildi. Mazkur profilaktik ishlar tuman bo‘ylab bosqichma-bosqich davom ettiriladi. Bu kabi tashabbuslar aholining sog‘lom hayot tarzini shakllantirishda, kasalliklarning erta oldini olishda va jamoat salomatligini ta‘minlashda muhim ahamiyat kasb etadi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!

Tavsiya etamiz