Nogironligi bo‘lgan shaxslar bilan olib borilgan ishlar bo‘yicha:
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Muhtoj shaxslarni protez-ortopediya moslamalari va reabilitatsiya qilishning texnik vositalari bilan ta’minlash tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida» 2024 yil 27 fevraldagi PQ-88-son qarori ijrosini ta’minlash hamda muhtoj shaxslarni protez-ortopediya moslamalari va reabilitatsiya qilishning texnik vositalari bilan ta’minlash tizimini takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 30-apreldagi 253-son qaroriga muvofiq Respublikaning barcha hududlarida muhtoj shaxslarni protez moslamalari va reabilitatsiya vositalari bilan vaucher asosida ta’minlash tartibi joriy etilgan. Ushbu qarorning ijrosini taьminlash bo‘yicha tumanda olti oy davomida 305 nafar POM va RTV maxsulotlariga muxtojlik aniqlangan bo‘lib, bundan 60 nafar POMlari uchun, 245 nafar RTVlari uchun VAUCHYeRlar shakillandi. Ko‘rilgan chora-tadbirlar natijasiga ko‘ra 56 nafarga protez ortopediya maxsulotlar, 225 nafar reabilitatsiya texnika vositalariga muxtoj nogironligi bo‘lgan shaxslarga ajratilgan VAUCHYeRlar orqali belgilangan tartibda POM MARKET xamda UZUM MARKET savdo maydonchalari orqali buyurtmalar berilib maxsulotlar o‘z egalariga topshirildi.
Bundan tashqari 3 nafar NBSHlarga esa buyurtmalar berilib, o‘lcham olish va yetkazib berish jarayonlari olib borilmoqda.
Shu jumladan 24 nafar NBSHlar esa sog‘ligi tiklanib nogironlik guruxidan chiqqanligi, ijtimoiy-moddiy xolat yaxshilanib o‘z xisobidan RTV maxsulotini joriy yil olganligi, boshqa xududga ko‘chib ketganligi, to‘satdan vafot etganligi xamda manzili va telefon raqimidagi noaniqliklar sababli fuqaro bilan bog‘lanishni imkoni bo‘lmagan nogironligi bo‘lgan shaxslarga ajratilgan VAUCHYeRlar belgilangan tartibda Davlat mablag‘larini bexuda sarflanishini oldini olish maqsadida rad etildi.
II. Yetim va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan voyaga yetmagan bolalar bilan ishlash bo‘yicha:
2025-yil 1-iyul’ holatiga ko‘ra Furqat tumanida jami 314 nafar tizimga kiritilgan bolalar mavjud bo‘lib, shundan vasiylikka 290 nafar (ularning 6 nafari chin yetim, 23 nafari ota-onasini qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalar, 262 nafari ota-onasi mehnat migratsiyasiga chiqqan oilalar farzandlari), homiylikka 111 nafar (ularning 4 nafari chin yetim,
1 nafari ota-onasini qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalar, 106 nafari
ota-onasi mehnat migratsiyasiga chiqqan oilalar farzandlari), Oilaviy bolalar uyiga 13 nafar (ularning 1 nafari yetim, 12 nafari ota-onasini qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalar) bolalar berilgan.
Nazoratsiz va ota-ona qaramog‘isiz bolalarni aniqlash va ularni joylashtirish yuzasidan olib borilgan ishlar Vasiylik va homiylik to‘g‘risidagi 02.01.2014 yildagi O‘RQ-364-sonli O‘zbekiston Respublikasi Qonuni talablariga asosan, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 27.12.2024 yildagi “Yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarni joylashtirish shakllari bo‘yicha ayrim normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash to‘g‘risida”gi 893-sonli Qarori ijrosini ta’minlash maqsadida Furqat tumani “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi Bolalarni ijtimoiy himoya qilish sho‘basi tomonidan yetim va ota-ona qaramog‘idan maxrum bo‘lgan va qarovsiz bolalarni aniqlash va ularni nazoratga olish yuzasidan bir qator ishlar olib borildi.
Joriy yil davomida tumanda o‘tkazilgan o‘rganish natijalariga ko‘ra ota-ona qarovisiz va nazoratsiz bolalar aniqlangan bo‘lib, shakllantirilgan ro‘yhatga asosan 21 oilada 28 nafar bolalarning yaqin qarindoshlariga vasiylik va homiylik tayinlanib nazoratsizligining oldi olindi. Aniqlangan 12 nafar bolalarning ota-onasi yashash joyiga qaytib kelganligi hamda farzandini o‘z qaramog‘iga olganligi aniqlanib bolalarga tayinlangan vasiylik va homiylik tugatildi.
Ijtimoiy hodimlar tomonidan o‘tkazilgan monitoring natijasiga ko‘ra, vasiylikka va homiylikka olingan hamda oilaviy bolalar uyida istiqomat qilayotgan jami 314 nafar voyaga yetmaganlarning yashash sharoiti monitoringdan o‘tkazilib, vasiy va homiylar qaramog‘ida yashab ta’lim va tarbiya olib kelayotganligi aniqlangan.
Bexato, [09.07.2025 9:56]
Institutni bitirgan (bitiruvchi) davlat xizmatiga tanlovsiz olinadigan yetim bolalar ro‘yxatini shakllantirish 2024-2025 o‘quv yilida Furqat tumanida yashovchi jami 12 nafar chin yetim va ota-onasi qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalar oliy ta’lim muassasalarida taxsil olayotgan bo‘lib, ularning 3 nafari 2024-2025 o‘quv yilida oliy ta’lim muassasasini tamomlaydi. Shundan bitiruvchi 2 nafari ta’lim olishni davom etish maqsadida magistraturada tahsil olish istagini bildirgan, 1 nafari ish bilan ta’minlash maqsadida qiziqishlari o‘rganilmoqda.
“Yoshlarga hamrohlik” dasturi doirasida 14 yoshdan 23 yoshgacha yetim bolalar uchun “xizmatlar rejasi” tuzilgan va tuzilmaganligini o‘rganish Furqat tumanida jami 119 nafar 14 yoshdan 23 yoshgacha bo‘lgan yetim va ota-ona qaramog‘idan maxrum bo‘lgan bolalar mavjud bo‘lib, ularni jamiyatga ijtimoiylashuvi hamda integratsiyasini ta’minlash, ularning erkin kasb tanlashlari uchun shart-sharoitlar yaratish, ularning tashabbuslarini qo‘llab quvvatlashga qaratilgan “Individual integratsiya rejalari” ijtimoiy xodimlar tomonidan shakllantirilgan. Reja asosida 60 nafar umumta’lim maktabi o‘quvchilarini maktabda qo‘shimcha to‘garaklarga jalb qilish, ularga kasb-hunar sirlarini egallashiga ko‘maklashish, 2 nafar umumta’lim maktabi va 2 nafar kasb-xunar maktabi bitiruvchilarini ta’limning keyingi bosqichi Oliy ta’limga tayyorlash, 3 nafar oliy ta’lim muassasasini bitiruvchilarni ish bilan ta’minlash hamda xamroxlik dasturi asosida bolalarni monomarkazlarda qayta o‘qitish va o‘quv kurslariga jalb qilish ishlari olib borilmoqda.
Bolalar uylarida “Onalar maskani” xizmatini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha hududlardagi mavjud ehtiyoj va imkoniyatini aniqlash 2022-2024-yillar davomida Furqat tumanida voyaga yetmagan qizlar tomonidan erta tug‘iriq va ona bo‘lish holatlari aniqlanmagan.
Bolalarni muqobil joylashtirish shakllariga olish istagini bildirgan shaxslar hamda oilaviy bolalar uyini tashkil etish istagini bildirgan 30 yoshga to‘lgan O‘zbekiston Respublikasining fuqarolari ro‘yxatini shakllantirish Furqat tumani istiqomat qilib kelayotgan oilalardan bolalarni muqobil joylashtirish shakllariga olish istagini bildirganlarni ro‘yxatga olish va ularga tegishli metodik yordam ko‘rsatish maqsadida targ‘ibot ishlari olib borilmoqda. MFYda va oilaviy bolalar uyida yetim va ota-ona qarmog‘idan mahrum bo‘lgan bolalar uchun ko‘rsatiladigan xizmatlar bo‘yicha takliflar tayyorlash Furqat tumani betim va ota-ona qaramog‘idan maxrum bo‘lgan bolalarini uy joy bilan ta’minlash mexanizmini takomillashtirish, xamroxlik dasturiga qamrab olingan bolalarni bandligi ta’minlash, Oilaviy bolalar uylari tarbiyalanuvchilarining sharoitini yaxshilash, Ijtimoiy himoya davlat jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan ijtimoiy yordamlar ko‘rsatilishi bo‘yicha tegishli takliflar ishlab chiqilib hududiy boshqarmaga berilgan.
III. O‘zgalar parvarishiga muhtoj bo‘lgan yolg‘iz yashovchi hamda yolg‘iz keksalar va nogironligi bo‘lgan shaxslar bo‘yicha:
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «O‘zgalar parvarishiga muhtoj keksalar va nogironligi bo‘lgan shaxslarga ijtimoiy xizmat va yordam ko‘rsatish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida» 2023 yil 27 dekabrdagi PQ-410-son qarori ijrosini ta’minlash maqsadida, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 11.03.2024 yildagi 123-sonli “O‘zgalar parvarishiga muhtoj shaxslarga ijtimoiy xizmat va yordam ko‘rsatishning sifat jihatidan yangi tizimini joriy etish to‘g‘risida”gi Qarori qabul qilindi hamda ushbu Qaror bilan tasdiqlangan reglamentlarga asosan O‘zgalar parvarishiga muhtoj shaxslarni e’tirof etish, individual tartibda ijtimoiy xizmatlar va yordamlar ko‘rsatish rejasini tasdiqlash va monitoring qilish hamda ularga ijtimoiy xizmatlarni ko‘rsatish tartibi belgilandi.
Ushbu Qarorda belgilangan vazifalarni bajarish maqsadida viloyat bo‘yicha o‘zgalar parvarishiga muhtoj yolg‘iz keksa reyestrdagi
84 nafar shaxslarning yashash sharoitlari qayta baholab chiqildi hamda har bir yolg‘iz keksa reyestrdagi shaxslar uchun alhida yakka tartibdagi dastur shakllantirilgan holda ishtimoiy xizm
Bexato, [09.07.2025 9:56]
atlar va yordamlar ko‘rsatish belgilab olindi.
Bexato, [09.07.2025 9:56]
«Inson» ijtimoiy xizmatlar markazlari tomonidan o‘zgalar parvarishiga muhtoj shaxslarni doimiy aniqlash ishlarini amalga oshirgan holda 12 nafar shaxslar belgilangan tartibda yolg‘iz keksa reyestriga olindi va ularga ijtimoiy xizmatlar hamda yordamlar ko‘rsatib kelinmoqda.
O‘zgalar parvarishiga muhtoj yolg‘iz keksa reyestrdagi 84 nafar shaxslar, shu jumladan qayta-baholash nanijalariga ko‘ra 84 nafar, arizalariga asosan 0 nafar, yaqin qarindoshlari bilan qarindoshlik aloqalarini tiklash orqali 2 nafar, vafot etganligi sababli
2 nafar, boshqa sabablarga ko‘ra 0 nafar shaxslar reyestrdan chiqarildi.
Har yili bir marotaba chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish bo‘yicha tasdiqlangan grafik asosida 84 nafar o‘zgalar parvarishiga muhtoj yolg‘iz keksa reyestrdagi shaxslar chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi.
O‘zgalar parvarishiga muhtoj bo‘lgan 3 nafarining yashash sharoitlari moslashtirish kerakligi aniqlangan. Bugungi kunga qadar
2 nafar o‘zgalar parvarishiga muhtoj yolg‘iz keksa reyestridagi shaxslarning yashash sharoitlari (shundan homiylik mablag‘lari 2 ta, “Saxovat va ko‘mak” jamg‘armasi mablag‘lari 0 ta, tuman (shahar) hokimliklari mablag‘laridan 0 ta) moslashtirib berildi. Bunga 2.2 mln. so‘m mablag‘ (shundan homiylik 1.2 mln. so‘m, “Saxovat va ko‘mak” jamg‘armasi 0 mln. so‘m, tuman (shahar) hokimliklari mablag‘laridan 0 mln. so‘m) sarflandi.
2 nafar o‘zgalar parvarishiga muhtoj yolg‘iz keksa reyestrdagi shaxslar qarindoshlari va yaqin insonlari o‘rtasidagi munosabatlarini tiklash (o‘rnatish)ga erishildi.
Mahalla darajasidagi resurslar, shu jumladan ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash va ko‘ngillilar guruhlarini shakllantirgan holda 6 ta mahalla darajasida madaniy va ma’rifiy tadbirlar shu jumladan konsert dasturlari o‘tkazildi va ushbu tadbirlarda 66 nafar o‘zgalar parvarishiga muhtoj yolg‘iz keksa reyestrdagi shaxslar ishtirok etdilar.
38 nafar o‘zgalar parvarishiga muhtoj yolg‘iz keksa reyestrdagi shaxslarga qonunchilik hujjatlarida bepul berilishi nazarda tutilgan dori-darmon bilan ta’minlash ishlarini tashkil etildi.
Xozirgi kunda tuman (shahar) “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazlari tomonidan ham o‘zgalar parvarishiga muhtoj, lekin reyestrga kirish uchun huquqi bo‘lmagan shaxslarga uyida ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish ishlarini rivojlantirish maqsadida Ijtimoiy himoya milliy agentligi direktorining 10.06.2024 yildagi 123-sonli buyrug‘iga asosan shartnoma asosida pullik ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish yo‘lga qo‘yildi. Xozirgi kunda ushbu xizmatdan foydalanayotganlar soni 16 nafarga yetgan bo‘lib, 2025 yil davomida ushbu xizmatdan foydalanuvchilar sonini
50 nafardan oshirishni rejalashtirganmiz.
I guruh nogironligi bo‘lgan shaxsga yoki 18 yoshgacha nogironligi bo‘lgan bolaga qarab turgan 164 nafar shaxslardan ushbu qarab turganligini rasmiylashtirish bo‘yicha murojaatlar kelib tushgan bo‘lib, ushbu murojaatlarga asosan 164 ta qarab turishning haqiqiy holatlarini tekshirish dalolatnomasi rasmiylashtirildi.
Vazirlar Mahkamasining 31.05.2024 yildagi 316-sonli qaroriga asosan Farg‘ona «Saxovat» keksalar va nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun internat uyi Farg‘ona Ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash markazi sifatida qayta nomlandi va ushbu Markazda shartnoma asosida o‘zgalar parvarishga muhtoj keksalar va nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun shartnoma asosida ijtimoiy va reabilitatsiya xizmatlarini ko‘rsatish bo‘yicha stasionar, kunduzgi qatnov hamda mobil kunduzgi qatnov shaklidagi xizmatlar yo‘lga qo‘yilgan. Markazda ushbu xizmatlarni sifatli amalga oshirish maqsadida shart-sharoitlar yaratilgan. 2025 yil davomida tuman (shahridan) Farg‘ona Ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash markazida shartnoma asosida 0 nafar shaxslar xizmatlardan foydalandilar. Bugungi kunda 0 nafar shaxs stasionar va kunduzgi qatnov shaklida ijtimoiy xizmatlardan foydalanmoqda.
Keksalar va nogironligi bo‘lgan shaxslarga sanatoriylarda davolanish uchun yo‘llanmalar berish bo‘yicha davlat xizmatlari ko‘rsatish
Bexato, [09.07.2025 9:56]
Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 19 noyabrdagi 693-son qarori bilan tasdiqlangan “Keksalar va nogironligi bo‘lgan shaxslarga sanatoriylarda davolanish uchun yo‘llanmalar berish bo‘yicha davlat xizmatlari ko‘rsatishning ma’muriy reglamenti” bo‘yicha tuman (shahar) “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi tomonidan «Yagona milliy ijtimoiy himoya» axborot tizimi orqali imtiyozli shaxslardan sanatoriylarda davolanish uchun yo‘llanma olish uchun ariza (so‘rovnoma) qabul qilish bo‘yicha davlat xizmati ko‘rsatish yo‘lga qo‘yildi.
Ushbu davlat xizmatini ko‘rsatish bo‘yicha tuman (shahar) “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi tomonidan 130 nafar shaxslarning so‘rovnomalari ro‘yxatdan o‘tkazish bo‘yicha davlat xizmatlari ko‘rsatildi.
«IHMA Sanatoriy» modulida kelib tushgan so‘rovnomalarning yuritilgan elektron reyestri asosida fuqarolar so‘rovnomalarning ko‘rib chiqish holati va navbati to‘g‘risidagi ma’lumotlar bo‘yicha fuqarolarga ma’lumotlar berib kelinmoqda.
Sanatoriylarda davolanish uchun yo‘llanma olish muddati kelgan shaxslarga 10 kun oldin xabar berilib, belgilangan navbat asosida tartibda yo‘llanmalar bilan ta’minlanib kelinmoqda.
Jumladan 2025 yilning o‘tgan 6 oy davomida 87 nafar shaxslarga yo‘llanmalar bergan holda Agentlik tizimidagi sanatoriylarda dam olib kelishlariga erishildi.
IV. Tazyiqqa uchragan xotin-qizlar va voyaga yetmaganlarga
psixologik xizmat ko‘rsatish bo‘yicha:
Furqat tumani bo‘yicha o‘tgan 6 oy davomida 77 ta Tazyiq va zo‘ravonlik holati aniqlangan bo‘lib, tazyiq va zo‘ravonlikka uchragan 77 nafar xotin-qizlarga IIB tomonidan himoya orderlari berilgan, shundan 2 nafar xotin-qizlarga 2 va undan ko‘p miqdorda takroriy himoya orderlari berilgan.
Tazyiq va zo‘ravonlik holatlarining 77 tasi jabrlanuvchilarning murojaati asosida, 0 tasi jismoniy va yuridik shaxslarning, 0 tasi vakolatli organlar va tashkilotlar xodimlari tomonidan bevosita aniqlangan.
Tuman (shahar) “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazlari tomonidan himoya orderi olgan xotin-qizlarning 4 nafar shaxslarni sayyor monitoringdan o‘tkazildi va ulardan 71 nafariga ijtimoiy xodimlar tomonidan keys ochgan holda quyidagi xizmatlar ko‘rsatildi.
Tazyiq va zo‘ravonlikka uchragan xotin-qizlar va ularning voyaga yetmagan farzandlarining yo‘qotilgan 0 ta biometrik pasportlarini (identifikatsiya ID-kartalarini), 0 ta tug‘ilganlik haqida hamda nikoh qayd etilganligi to‘g‘risida takroriy guvohnoma olish, 0 ta nikohda turmasligi yoki nikohdan ajralganligi to‘g‘risidagi ma’lumotnoma,
yolg‘iz ona arizasiga asosan 0 ta qayd qilingan tug‘ilganlik haqida ma’lumotnoma hamda familiya, ism, ota ismini o‘zgartirganlik haqida ma’lumotnomani tiklash ishlarini amalga oshirishda ko‘maklashildi.
Tazyiqqa uchragan 0 nafar ayollarni xotin-qizlarning kasb-hunarga o‘rganish istagi bo‘lganlarini hududlardagi monomarkaz va kasb-hunarga o‘qitish markazlarida kasbga o‘rgatishga yo‘llanma berildi.
Tazyiq va zo‘ravonlikdan jabr ko‘rgan 0 nafar xotin-qizlar va ularning farzandlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish maqsadida sudlarga ariza (shikoyat) va da’volar kiritishda yordam berildi.
Ayollarni reabilitatsiya qilish va moslashtirish respublika markazi va uning hududiy bo‘limlariga joylashtirilgan 0 nafar ayollarning voyaga yetmagan farzandlarini eng yaqin hududdagi imtiyozli shartlarda maktabgacha hamda umumiy o‘rta ta’lim muassasalariga vaqtincha joylashtirish bo‘yicha talabnoma kiritildi.
Tazyiq va zo‘ravonlikdan jabr ko‘rgan 0 nafar xotin-qizlarning tijorat banklarida yo‘qotilgan bank plastik kartasini tiklash uchun tijorat banklariga murojaat qilish yuzasidan ishonchnoma rasmiylashtirildi.
Ayollarni reabilitatsiya qilish va moslashtirish bo‘yicha respublika markazi va hududiy bo‘linmalarida yordam ko‘rsatilgan hamda himoya orderi berilgan 0 nafar shaxslarni sayyor monitoringdan o‘tkazildi.
V. “Ijtimoiy to‘lovlar” shoʻbasi tomonidan 2025 yilning 6 oy davomida amalga oshirilgan ishlar bo‘yicha:
Bexato, [09.07.2025 9:56]
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar maxkamasining 21.10.2021 yil kungi 654 son qarori va 10.11.2023 yil kungi 596 son karori NIZOMI qarori ijrosini ta’minlash maqsadida, joriy yil 6 oy davomida tumandagi jami 35 maxallaga xizmat kursatilib, kam ta’minlangan bolali oilalar va maddiy yerdam ijtimoiy nafaklari so‘rab murojat kilgan fuqorolar 6 453 ta arizalari “Ijtimoiy ximoya yagona reyestr” AT dasturi tomonidan ko‘rib chikilgan, shundan xozirgi kunda 2 976 ta kam ta’minlangan bolali oilalarga (may oiy uchun 1 462 mln sum) bolalar nafakasi va moddiy yordam to‘lab berilmoqda.
Shuningdek kam ta’minlangan bolali oilalar va moddiy yordam ijtimoiy nafaklari so‘rab murojat qilgan oilarni, davlat mablag‘larini maqsadsiz to‘lovini oldini olish maksadida ijtimoiy axvoli ijtimoiy xodimlar tomonidan o‘rganilganida 1531 ta xolatda ijtimoiy nafaka tayinlangan oilalar o‘ziga to‘q oila ekanligi yoki ijtimoiy axvoli uzgarganligi sababli nafaka to‘lovi tuxtatilib, 688 950 000 sum mablag‘lar to‘lovi iqtisod kilib kolindi.
Xozirgi kunda markaz “ijtimoiy tulovlar” shu’basi tomonidan tumandagi 2126 ta xizmat kursatilivchi shaxslar mavjud bo‘lib, shulardan bolalikdan nogironlik nafaqasi 508 ta, nogiron bolani parvarishlash nafaqasi 271 ta, yoshga doir nafaqa 161 ta, nogironlik nafaqasi 942 ta, boquvchisini yo‘qotganlik nafaqasi 222 ta va yagona moddiy yordam yakka yolg‘izlarga 12 tani tashkil etib, jami bir oylik nafakalar tulovi 2 120 mln sumni tashkil etadi.
Tulov kaydnomalarni shakillantirish, o‘z vaktida manzilli yotkazib berilishini ta’minlash maksadida AT “Xalk banki” Toshlok tuman ma’sul xodimlari bilan xamkorlik ishlari tashkil etilib, nazorat tekshiruv ishlar oyma oy amalga oshirib kelinmoqda.
Nafaka to‘lovlar ketma ket olti oy davomia uyda bo‘lmagan shaxslarga, vafot etgan shaxslarga, shuningdek nafaka turi yoki nogironlik toifasi o‘zgargan shaxslarnga ortikcha nafaka to‘lovlari to‘lab berilishi xolatlari 10 ta xolatda 26 416 343 sum aniklanib 20 181 803 sum mikdordagi ortikcha to‘langan mablaglar davlat xisobiga qaytarildi.