Maxsus imkoniyatlar

Ekran o'lchami:

50 %

Shrift o'lchami:

50 %
Saytni baholash
0
0
Sayt test rejimida ishlamoqda...

232025-08-21 19:12

Inson" ijtimoiy xizmatlar markazi

http://api3.fergana.uz/files/151700/news/file-2098163754517630.jpg
"Vatan uchun, millat uchun, xalq uchun!" TUMANIMIZDA KUNDUZGI PARVARISH XIZMATI ISH BOSHLADI O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 34 yilligi arafasida tumanimizda 3 yoshdan 18 yoshgacha bo‘lgan nogironligi bo‘lgan bolalar uchun kunduzgi parvarish xizmati yo‘lga qo‘yildi. Shu munosabat bilan tashkillangan tadbirda tuman hokimi Elyorbek Asronqulov, "Inson" ijtimoiy xizmatlar markazi vakillari, nuroniylar hamda mahalla faollari ishtirok etdi. Davlatimizning insonparvar siyosati, barcha uchun teng imkoniyatlar yaratishga qaratilgan islohotlar bugun eng olis qishloqlarda ham kutilganidek samara bermoqda. Xususan, Vazirlar Mahkamasining 2025 yil 27 fevraldagi 126-sonli qarori “Nogironligi bo‘lgan bolalar uchun kunduzgi parvarish xizmatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga asosan davlat-xususiy sherikchilik asosida tashkil etilgan ushbu maskan ehtiyojmand oilalarni kambag‘allikdan chiqarish va daromadini oshirishga qaratilgani bilan ham ahamiyatlidir. "Mehr tomchisi" nomini olgan yangi maskan nogironligi bo‘lgan bolalarning ta’lim-tarbiya olishlari, ijtimoiy hayotga moslashuvi uchun barcha zarur shart-sharoitlar bilan jihozlangan. Maxsus mashg‘ulot xonalari, reabilitatsiya vositalari, o‘yin maydonchasi va tibbiy xizmat ko‘rsatish xonasi tashkil qilingan. Ma’lumot uchun: tumanda nogironligi bo‘lgan bolalar soni 101 nafarni tashkil etadi va hozirda ularning qariyb 75 foizi ta’limga jalb qilingan. Kelgusida tumanning boshqa hududlarida ham kunduzgi parvarish xizmati ko‘lamini kengaytirish ko‘zda tutilgan. Jahongir Hoshimov tuman "Inson" ijtimoiy xizmatlar markazi direktori.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!

Tavsiya etamiz