Maxsus imkoniyatlar

Ekran o'lchami:

50 %

Shrift o'lchami:

50 %
Saytni baholash
0
0
Sayt test rejimida ishlamoqda...

132025-09-11 15:57

INSON HUQUQLARI VA ERKINLIKLARI DOIM QONUN HIMOYASIDA

http://api3.fergana.uz/files/151700/news/file-2100317969487075.jpg
INSON HUQUQLARI VA ERKINLIKLARI DOIM QONUN HIMOYASIDA Erkinlik – bu kishining oʻz istagi boʻyicha ish tutishidir. Erkinlik tushunchasi huquqshunoslik, siyosatshunoslik, etika, estetika kabi ijtimoiy bilim sohalarida keng ishlatiladi. Masalan, vijdon erkinligi, soʻz erkinligi, matbuot erkinligi va hokazo. Erkinlik — boshboshdoqlikni emas, jamiyatdagi muayyan tartibni ifodalaydi. Erkinlik insonning jamiyat oldidagi vazifani bajarishni erkin, ixtiyoriy tanlashidir. Erkinlik insonning siyosiy, maʼnaviy taʼqibdan, zoʻravonlikdan himoyalanganligini bildiradi. Erkinlik oʻz baxtini oʻzi yaratish vositasi boʻlib, insonning oʻzligini anglash darajasini ifodalaydi. Butun jahonda inson huquq va erkinliklari kafolatlash va himoya qilish maqsadida “Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi” qabul qilingan. “Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi” 1948-yil 10-dekabrda BMT Bosh Assambleyasi tomonidan qabul qilingan. Nimaga aynan inson huquqlarini himoya qilish bo‘yicha butunjahon deklaratsiya qabul qilingan? Unda inson huquqlarini mensimaslik va uni poymol etish insoniyat vijdoni qiynaladigan vahshiyona ishlar sodir etilishiga olib kelganini, kishilar so‘z erkinligi va e’tiqod erkinligiga ega bo‘ladigan hamda qo‘rquv va muhtojlikdan holi sharoitda yashaydigan dunyoni yaratish, inson huquqlari qonun kuchi bilan himoya etilishi zarur ekanligini e’tiborga olib, barcha xalqlar va barcha davlatlar bajarishga intilishi lozim bo‘lgan vazifa sifatida ayni Deklaratsiya ishlab chiqilgan. Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning deklaratsiya qabul qilinganligining 75 yilligi keng nishonlash bo‘yicha qabul qilgan Farmonida bir nechta masalalar keltirib o‘tildi. Shulardan misol qiladigan bo‘lsak, Milliy komissiya va Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazining 2023-yildan boshlab har yili 1 — 10-dekabr kunlari mamlakatimizda “Inson huquqlari” o‘n kunligini e’lon qilish hamda barcha umumiy o‘rta, o‘rta maxsus, professional va oliy ta’lim muassasalarida Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi qabul qilingan kunga bag‘ishlangan umummilliy darslar o‘tkazish belgilangan. O‘zbekiston Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi asosiy maqsadlarini amalda ro‘yobga chiqarishda BMT sa’y-harakatlarini qo‘llab-quvvatlash maqsadida BMT Inson huquqlari bo‘yicha Oliy komissari boshqarmasi maxsus jamg‘armasiga ixtiyoriy badal sifatida yuz ming AQSh dollari miqdorida mablag‘ ajratgan. Bizning mamlakatimizda ham inson huquq va erkinliklari kafolatlagan, qonunlar bilan himoya qilinadi. Hattoki, yurtimizda boshqa xalq va elatlarning huquqlari ham hurmat qilinadi. Fuqarolar o‘z huquqlaridan erkin tarzda foydalaniladi. Konstitutsiyamizning II bo‘limi Inson va fuqarolarning asosiy huquqlari, erkinliklari va burchlari deb belgilab qo‘yilgan. Deklaratsiyaning 26-moddasida har bir inson ta’lim olish huquqiga egaligi, ta’lim olishda hech bo‘lmaganda boshlang’ich va umumiy ta’lim bepul bo‘lishi belgilangan. Deklaratsiyaning ushbu moddasida keltirilgan huquqlar Konstitutsiyamizning 50-moddasida keltirib o‘tilgan. Bundan kelib chiqadiki, bizning Konstitutsiyamiz ham jahon andozalaridan olinganligiga yaqqol misol bo‘ladi. Fuqarolik ishlari bo‘yicha O‘zbekiston tumanlararo sudi raisi Elyorjon Ismoilov

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!

Tavsiya etamiz